Menejment ta’lim yönalişi 2-bosqiç talabasi Uralova Zarina Ibrohimjonovna kitobxonlik, mutolaa va ijodiy faolligi orqali katta muvaffaqiyatga erişdi.
Alişer Sa’dullayev taşabbusi bilan “Mutolaa”, “Ibrat farzandlari”, “Ustoz AI” va şu kabi loyihalar homiyligida e’lon qilingan 1 milliard sömlik grant dasturi doirasida 100 nafar talabaga 10 million sömdan kontrakt tölovi uçun mablağ ajratilişi belgilangan edi.
Tanlovda “Mutolaa” loyihasidagi faolligi, yozgan esselari hamda olgan sertifikatlari yuqori baholangan Zarina Uralova Namangan viloyatidan saralab olindi. Uning yutuği yanada quvonarlisi — dastlabki 10 million sömlik grant örniga 18 million sömlik, ya’ni yillik kontrakt tölovining 100 foizi qoplab berildi!
💐👏 Zarinani uşbu ulkan muvaffaqiyat bilan samimiy tabriklaymiz! Kelgusidagi öqişlari va izlanişlarida yanada yuksak marralarni zabt etişini tilaymiz!