Namangan davlat universitetida “Erasmus+ Xalqaro kunlari — 2026” doirasida xalqaro hamkorlik, akademik mobillik va xalqaro grant dasturlariga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, xorijiy hamkorlar va xalqaro loyihalarga qiziquvchi mutaxassislar ishtirok etdilar.
Tadbir davomida Erasmus+ dasturining oliy ta’limni xalqaro miqyosda rivojlantirishdagi o‘rni va ahamiyati, xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini kengaytirish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish hamda professor-o‘qituvchilar va talabalar uchun akademik mobillik imkoniyatlarini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Namangan davlat universiteti xalqaro ta’lim va ilm-fan makoniga integratsiyalashish, Yevropa universitetlari bilan strategik hamkorlikni mustahkamlash hamda Erasmus+ dasturi doirasidagi loyihalarda ishtirokini yanada faollashtirishga alohida e’tibor qaratmoqda.
Mazkur tadbir yangi xalqaro tashabbuslarni ilgari surish, istiqbolli loyihalarni ishlab chiqish va o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini rivojlantirish uchun muhim muloqot maydoni bo‘lib xizmat qildi.
- Universitet
- Ta'lim
- Axborot xizmati
- Faoliyat
- Hujjatlar
- Qabul
- Qabul yangiliklari
- Qabul bakalavriat
- Qabul Magistratura
- Qabul Doktorantura
- Imtixon dasturlari
- Abituriyentlarga eslatma
- Qabul to'g'risidagi nizom
- Texnikum bitiruvchilariga
- Xorijiy abituriyentlarga
- Prezident qaror va farmoyishlari
- Savollar va javoblar
- Imtixon natijalari
- Ikkinchi oliy ta'lim
- Tarqatma materiallar
- Talabalarga
- Qabul
- Bog'lanish
- Raqamli kutubxona
-
O'zbekcha
- Kirish