#Yoşlar_bilan_muloqot #Uçraşuv
Namangan davlat universitetida talaba-yoşlarning fikr va takliflarini tinglaş, ularning ijtimoiy faolligini oşiriş hamda ta’lim sifatini yanada yaxşilaşga alohida e’tibor qaratilmoqda. Şu maqsadda universitet rektori Abduğaffor Qirğizboyev Filologiya fakulteti talabalari bilan uçraşuv ötkazdi.
Uçraşuvda universitet prorektorlari, fakultet rahbariyati, yoşlar yetakçilari hamda faol talabalar iştirok etdi. Muloqot davomida fakultet talabalarining joriy yilda erişgan yutuqlari, amalga oşirgan taşabbuslari hamda kelgusi yil uçun belgilangan ustuvor vazifalar muhokama qilindi.
Jumladan, fakultet talabasi Mexmonov Akbarali joriy yilda oliy ta’lim taşkilotlari talabalari örtasida ötkazilgan “Til bilimdonlari” respublika tanlovida ğoliblikni qölga kiritdi. Fakultetda bunday yutuqlarga erişayotgan talabalar soni köp bölib, ularning muvaffaqiyatlari universitetda yoşlarning bilim va salohiyatini röyobga çiqariş uçun yaratilgan imkoniyatlar samarasini namoyon etadi.
Uçraşuv davomida talabalar universitet hayotini yanada rivojlantiriş, ta’lim sifatini oşiriş hamda yoşlar uçun yaratilgan imkoniyatlarni kengaytiriş yuzasidan öz fikr-mulohazalari va takliflarini bildirdilar. Şuningdek, fakultet faoliyatini takomillaştiriş va talabalarni qöllab-quvvatlaş bilan boğliq dolzarb masalalar yuzasidan fikr almaşildi.
Uçraşuv oçiq va samimiy muloqot ruhida ötdi. Talabalar öz ğoya va taşabbuslarini erkin bayon etiş imkoniyatiga ega böldilar. Bildirilgan takliflar hamda kötarilgan masalalar yoşlar bilan işlaş tizimini takomillaştiriş, ularning taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş va fakultet rivojiga xizmat qiladigan vazifalarni belgilaşda muhim ahamiyat kasb etadi.
Namangan davlat universiteti Axborot xizmati