2024-yil 15-mart kuni, Namangan viloyat Davlat arxivi va Namangan davlat universiteti hamkorlikdagi faoliyatini samaradorligini oshirish maqsadida Namangan viloyat Davlat arxivi xodimlari tomonidan ochiq eshiklar kuni tashkil etildi. Shu munosabat bilan Namangan viloyat Davlat arxiviga Namangan davlat universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti 60320300-Arxivshunoslik ta’lim yo‘nalishi talabalari Arxivshunoslik kafedrasi katta o‘qituvchisi t.f.f.d. (PhD) B.B. Abbasov rahbarligida tashrif buyurishdi. Arxiv xodimlari Mahmudov Zokirjon, Turg‘unova Muqaddaslar foto ko‘rgazmali stendlarni talabalarga namoyish qildilar. Foto ko’rgazmada Namangan viloyati tarixiga oid bo‘lgan fotosuratlar namoyish etildi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi. Foto ko‘rgazmadan olingan taassurotlar natijasida talabalarda Namangan viloyati tarixga bo‘lgan qiziqish yanada ortdi. Tadbir davomida talabalar “Audio-vizual arxiv”, “Korxona va muassasalarda arxiv ishi”, “Arxiv sohasida kadrlar tayyorlash va boshqarish” fanlaridan amaliy ko‘nikmalari bilan tanishdilar. Kelgusida bunday ko‘rgazmalar hamda hamkorlikdagi amaliy darslar ko‘lamini kengaytirish, tashkil etish haqida fikrlar bildirildi.

image

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image