O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2025 yil 10 martdagi 149-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim tashkilotlaarida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi to‘g‘risida” gi Nizomga asosan Namangan davlat universitetida 2025/2026 o‘quv yili 2-kursi uchun qayta taqsimlanadigan ta’lim grantlari o‘rinlari quyidagi miqdorlarda belgilandi:

1. Ta’lim grantining bazaviy soni (2024/2025 o‘quv yilida kirish imtihonlari natijasiga ko‘ra davlat granti asosida 1-kursga talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar soni):

  • bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun - 264
  • magistratura mutaxassisliklari uchun - 72

2. To‘liq ta’lim granti o‘rni (2025/2026 o‘quv yilida o‘qitish xarajati davlat budjetidan to‘liq qoplab beriladigan va umumiy tartibdagi stipendiya bilan ta’minlanadigan ta’lim granti):

  • bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun - 140
  • magistratura mutaxassisliklari uchun - 58

3. To‘liq bo‘lmagan ta’lim granti o‘rni (2025/2026 o‘quv yilida to‘lov-kontrakt summasining 50 foizi davlat budjetidan qoplab beriladigan va umumiy tartibdagi stipendiya bilan ta’minlanmaydigan ta’lim granti):

  • bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun - 248
  • magistratura mutaxassisliklari uchun - 28

 

To‘liq va to‘liq bo‘lmagan ta’lim granti o‘rinlari faqat kunduzgi ta’lim shakli qayta taqsimlanadi. 

Ta’lim granti o‘rinlari qayta taqsimlashda 2024/2025 o‘quv yili 1-kursi yakuni bo‘yicha GPA ko‘rsatkichi 3,5 va undan yuqori bo‘lgan talabalar talabgor sifatida ishtirok etishlari mumkin.


ℹ️ Namangan davlat universitetida 2025/2026-o'quv yilida bakalavriat va magistratura mutaxassisliklari ta'lim yo'nalishlarida ta'lim grantini taqsimlash bo'yicha batafsil ma'lumot.

2025_2026_o'quv_yili_ta'lim_gratini_taqsimlash_04_04_2025_1.png


Namangan davlat universitetida 2025/2026-o'quv yilida magistratura mutaxassisligi ta'lim yo'nalishida ta'lim grantini taqsimlash bo'yicha ma'lumot

 

image

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image