Tabiiy fanlar
Fakultet 1998-yilda tashkil topgan. 2005-yildan boshlab Tabiiy fanlar fakulteti nomi bilan yuritib kelinmoqda.
Fakultetda asosiy shtatda 43 nafar professor-oʻqituvchilar faoliyat olib bormoqda. Shulardan 7 nafari fan doktori, 21 nafari fan nomzodi, PhD bo’lib, ilmiy salohiyat 65%. Bundan tashqari 4 nafar tyutorlar mavjud.
Hozirgi kunda fakultetda 37 ta akademik guruhda 788 nafar talabalar tahsil olmoqda. Bulardan 29 ta akademik guruhda kunduzgi ta’lim yo‘nalishida 637 nafar, 8 ta akademik guruhda kechki ta’limda 151 nafar talabalar taxsil olishmoqda.
Missiya va qadriyatlar
Ta'lim yo'nalishlari va dasturlar
Bakalavriat dasturlari:
-
60530100-Kimyo
-
60530400 – Geografiya
-
60520200 - Meteorologiya va iqlimshunoslik
-
60520200 - Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi
-
Har bir yo'nalish bo'yicha qisqacha ma'lumot (masalan, ta'lim muddati, o'qish shakli: kunduzgi, kechki, sirtqi).
Magistratura dasturlari:
-
70530101-Kimyo
-
70530402 – Geografiya
-
70520201 - Atrof-muhit muhofazasi
PhD dasturlari:
-
02.00.01-Noorganik kimyo
-
02.00.06-Yuqori molekulyar birikmalar
-
02.00.08-Neft va gaz kimyosi va texnologiyasi
-
02.00.10-Bioorganik kimyo
-
11.00.01 - Tabiiy geografiya
-
11.00.02 - Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya
-
11.00.04 - Meteorologiya. Iqlimshunoslik. Agrometeorologiya
-
11.00.05 - Atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish
Talabalar uchun ma'lumotlar
Stipendiyalar va moliyaviy yordam: O‘tgan yillar mobaynida fakultet professor-o‘qituvchilarining mehnati evaziga kimyo yo‘nalishi bo‘yicha taxsil olgan aspirant Abdullajanova Nodira – Prezident Davlat stipendiyasini, D.Xolmatov, S.Botirova, D.Xaydarova, O.Qosimova. F.Umarov, D.Barakayevalar Ulug‘bek Davlat stipendiyasi g‘olibi, geografiya ta’lim yo’nalishi talabalari G.Husanova, A.Toshpo‘latov, B.Mirabdullayev va J.Ismoilovlar ham Ulug‘bek nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori bo‘ldilar.
Amaliyot va ish imkoniyatlari: O‘zGidrometeo xizmat, O‘zGIPROZEM, O‘zDAVER loyiha, Norin-Sirdaryo suv havza boshqarmasi, Namangan viloyat ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi, «Lactalis agro» МЧЖ, Ifoda Agrokimyo himoya MCHJ, Uchqo’org'onMegaStandart MCHJ, Merrymedfarm MCHJ va boshqa mahalliy ishlab chiqaruvchilar
Infrastruktura va resurslar
Laboratoriyalar va texnik jihozlar: Fakultetda 12 ta o’quv, 5 ta ilmiy laboratoriya mavjud. 2022-yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-noyabrdagi 942-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida Islom taraqqiyot banki ishtirokidagi "Oliy ta’lim muassasalari moddiy texnik bazasini mustahkamlash" loyihasi doirasida 350 ming AQSH dollari miqdoridagi zamonaviy o‘quv laboratoriya jixozlari olib kelinib, ishga tushirildi.
Tadbirlar va faoliyat
Talaba tashkilotlari: Fakultetda “Kompleks geografik tadqiqotlar ilmiy markazi”, «GeoExplorer» ilmiy-amaliy ijodiy klubi faoliyati uchun ham ilmiy-uslubiy makon bo‘lib xizmat qiladi. Shuningdek, «Ekomakon» yoshlar ishtimoiy-ekologik harakati», “Ekologik markaz”, Yosh kimyogar, dasturchi-kimyogar, repуtitor, ilmiy-innovatsion, geograf, meteorolog, ekolog to’garaklari va zakovat intelektual klubi faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.
Talabalar faoliyati: Fakultetda talabalarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash, iqtidorli va istedodli talabalarga ko’mak berish va ulardagi qobilyatni yanada rivojlantirish maqsadida “Besh muhim tashabbus va sport”, “Iqtidorli va iste’dodli yoshlar bilan ishlash”, “Ijtimoiy himoyaga muhtoj va vatanparvarlikka ko’maklashish”, “O’zbek qiziman”, “O’zbek yigitiman”, “Volontyor yoshlar”, “Ekopatrul”, “Geografiya yo’nalishi koordinatori”, “Ekologiya va meteorologiya yo’nalishi koordinatori”, “Kimyo yo’nalishi koordinatori”, “Talabalar teatr studiyasi va QVZ jamoasi” kabi to’garaklar, loyihalar hamda klublar faoliyati ham yo’lga qo’yilgan hamda ushbu sohalarda talabalarrni o’zlari yoshlar siyosatini amalga oshirish yuzasidan faoliyat olib borishadi.
Xalqaro hamkorlik:
Fakultet olimlari xalqaro hamkorlik doirasida qator natijalarga erishib kelmoqdalar. Xususan kimyo kafedrasi dotsenti Olimjon Abdullayev 2015-2019-yillarda Xitoy fanlar akademiyasida faoliyat olib borib, Xitoy fanlar akademiyasining faxriy professori unvoniga ega bo‘ldi, bundan tashqari Xitoyda faoliyat olib borayotgan xorijlik olimlar tanlovida 1-o‘rinni egallab, oltin medal bilan taqdirlandi.
Magistrlarimiz Xitoy fanlar akademiyasiga qarashli turli ilmiy tekshirish institutlarida himoya qilgan. Bulardan Begmatov Nurmirza, Kamoldinov Hamidlar Xitoy FA institutida hamda Qodirxonov Jamshid dunyoning top 300 talik reytingiga kiruvchi oliy ta’lim muassasida ilmiy ishini himoya qilganligi uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri fan doktori ilmiy darajasiga ega bo‘lganlar.
D.Sattarova 2011/2012-yillarda UNESCO granti hisobidan, 2018-yil Iste’dod jamg‘armasidan Xitoy Fanlar akademiyasi Chanchun Amaliy kimyo institutidan ilmiy stajirovkada bo‘lib qaytgan.
Hozirgi kunda bitiruvchilarimizdan 3 nafari dunyoning top 100 talik reytingiga kiruvchi Fransiyaning Parij universitetlarida doktoranturada, 3 nafari Xitoy fanlar akademiyasi doktoranti, 1 nafari Polsha davlatida doktoranturada taxsil olmoqda.
Bundan tashqari kafedralarimiz dunyoning top 300 talik universitetlari, xususan Germaniyaning Axen universiteti, Fransiyaning Parij PSL universiteti, Belgiyaning Antverpen universiteti, Niderlandiyaning Vrije universitetlari bilan ilmiy hamkorlik qilib kelmoqda. Hamkorlik natijasida 2023-yil may-iyun oylarida M.Xakimov O‘zR Innovasion rivojlanish vazirligi granti hisobidan Niderlandiyaning Vrije universitetida 2 oylik, 2024 yilda 3 oylik ilmiy stajirovka bo‘lib qaytdi.
Geografiya va atrof-muhit muhofazasi kafedrasi olimlari horijiy OTM va ilmiy-tadqiqot institut va markazlari (Rossiya Federatsiyasi, Hindiston, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Turkiya, Tojikiston, Qirg‘iziston), ilmiy-uslubiy jurnallar taxririyatlari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalrini o‘rnatgan. kafedra dotsenti B.Abduraxmonov 2019-yilda A.I.Gertsen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universitetida ilmiy stajirovkada bo‘lgan bo‘lsa, 2022-yili dotsentlar K.Boymirzayev, I.Soliyev Abay nomidagi Qozoq davlat pedagogika universitetida, 2021-2024-yillar mobaynida dotsentlar X.Mirzaaxmedov, B.Abduraxmonov, o‘qituvchi I.Akaboyev va I.Turdaliyevlar Osh davlat universitetida, 2024-2025-o‘quv yillarida dotsentlar Sh.Z.Jumaxanov va I.R.Soliyevlar Bishkek shahridagi Qirg‘iziston-Turkiya Manas universitetida ma’ruzalar, uchrashuvlar tashkil etishdi.
Aloqa va ijtimoiy tarmoqlar
- Aloqa ma'lumotlari: Fakultetning manzili, telefon raqami, email.
- Ijtimoiy tarmoq sahifalari: Telegram: t.me/namdu_tabiiy_fanlar
Dekanat
TO‘LQINJON SATTAROV ABDUSATTOR O‘G‘LI
Lavozimi | Dekan |
- | |
Ilmiy darajasi | Fan nomzodi, PhD |
Ilmiy unvoni | Dotsent |
ABDULBOSITXON SOBIRXONOV TOXIRXON O‘G‘LI
Lavozimi | Dekan muovini |
yshoxbola@gmail.com | |
Ilmiy darajasi | Fan nomzodi, PhD |
Ilmiy unvoni | Unvonsiz |
BAXTIYOR JURAYEV SOBIRJONOVICH
Lavozimi | Dekan muovini |
Jorayev@gmail.com | |
Ilmiy darajasi | Darajasiz |
Ilmiy unvoni | Unvonsiz |
Kafedralari ro'yxati
Mavjud bakalavr ta'lim yo'nalishlari
T/r | Nomlanishi |
---|---|
1 | 5140500 - Kimyo |
2 | 5140600 - Geografiya |
3 | 5630100 - Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) |
4 | 60520200 - Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi |
5 | 60520200 - Meteorologiya va iqlimshunoslik |
6 | 60530100 - Kimyo |
7 | 60530100 - Kimyo (turlari bo‘yicha) |
8 | 60530200 - Geografiya |
9 | 60530400 - Geografiya |
10 | 60710400 - Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) |
Mavjud magistratura ta'lim yo'nalishlari
T/r | Nomlanishi |
---|---|
1 | 5A140501 - Kimyo (fan yo‘nalishi bo‘yicha) |
2 | 5A140602 - Geografiya (o‘rganish ob’ekti bo‘yicha) |
3 | 70530101 - Kimyo (fan yo‘nalishi bo‘yicha) |
4 | 70530402 - Geografiya (o‘rganish ob’ekti bo‘yicha) |
5 | 70710401 - Atrof-muhit muhofazasi (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) |