Pedagogika


Fakultet haqida qisqacha ma'lumot: 1942 yildan Namangan oʻqituvchilar instituti, 1955 yildan Namangan davlat pedagogika instituti, 1992 yildan Namangan davlat unversiteti tarix-filologiya fakulteti tarkibida boshlangʻich taʼlim yoʻnalishi boʻyicha oʻqituvchi-kadrlar tayyorlash yaxshi yoʻlga qoʻyildi. Bu sohada ilgʻor tajribalar toʻplandi va bir qator yutuqlar qoʻlga kiritildi.

1966-1977 yillarda mazkur yoʻnalish mustaqil fakultet ( dekan prof. Gʻ.Aliyev, katta oʻqituvchi Yo.Uzoqov) sifatida faoliyat koʻrsatdi. 1980-1987 yillarda fakultet oʻzbek filologiyasi fakulteti (dekan dotsent T.Fayzullayev) tarkibiga qoʻshildi. 1987-1988 oʻquv yiliga kelib, yana mustaqil fakultet maqomi berildi, dotsent S.Toʻxtaboyev dekan etib tayinlandi hamda boshlangʻich taʼlim va maktabgacha tarbiya yoʻnalishlari boʻyicha kadrlar tayyorlandi.

1993-yildan boshlab “Pedagogika fakulteti” nomi bilan atala boshlandi. Oʻtgan davr mobaynida fakultetda professor A.Q.Munavvarov ( 1993-1996 yillar) dotsent S.Toʻxtaboyev ( 1996-1998 yillar) , dotsent M.Mirzaabdullayeva ( 1998-1999 yil.. 2001-2007 yillar), dotsent v.b. N.Yusupov ( 2000 yil), dotsent M.Nishonov (2007-2009 yillar), dotsent N.Uluqov, dotsent  Sh.Joʻraboyev (2009-2012), dotsent Oʻ.Abdullayev (2013 yil), dotsent S.Azizov (2013-2014yillar) dotsent X.Mavlyanov (2014-2017yillar), f.m.f.n.T.Abdullayev (2017 yil), dotsent K.Boymirzayev, (2017-2019 yillar), dotsent K.Inoqov  (2019 yil), dotsent Sh.Koʻpaysinova (2020 yil), dotsent A.Baratov (2020 yil fevraldan 2020 yil dekabrgacha), dotsent M.Boltayeva (2020-2024 yillar), hozirda dotsent I.Rahimov (2024 yil dekabar oyidan boshlab) dekan vazifasida samarali faoliyat koʻrsatib kelmoqdalar. Bakalavriat dasturlari: Oʻtkan davrlar mobaynida fakultetda asosiy 2 ta kafedra “Boshlangʻich taʼlim metodikasi” hamda “Pedagogika va Psixologiya” kafedralari oʻziga xos obroʻ-eʼtibor, mazmun va mohiyat, aloxida salohiyatga ega boʻlgan qadimiy kafedralardan xisoblangan. Davr taqazosi bilan turlli yillarda ushbu kafedralar negizida yondosh kafedralar ham faoliyat koʻrsata boshladi.  1960 yilda tashkil etilgan “Boshlangʻich taʼlim metodikasi” kafedrasini boshqargan rahbarlar: dotsent N.Boboxoʻjayev (1960-1980 yillar). (1980-1983 yillar) professor M.Yusupov (1983-1997), dotsent v.b N.Yusupov (1997-2000 yillar), dotsent B.Sattorov (2000-2002 yillar), dotsent D.Qozoqov (2002-2003 yillar), dotsent M.Nishonov,  (2006-2007 yillar). dotsent Yu.Shaamirova, dotsent M.Xamidova,  dotsent B.Sattarov, (2008-2020 yillar), professor D.Muminova (2021 yil xozirgi vaqtga qadar) mazkur kafedra  2024-yil 4-sentabrdan Maktabgacha va boshlangʻich  taʼlim kafedrasi deb nomlandi.  “Pedagogika va Psixologiya” kafedrasi faolyati oliy dargohimiz tarixi bilan uzviy bogʻliq. Kafedra 1945 yilda tashkil etilgan boʻlib unga turli yillarda: dotsent A.F. Magazinnik, p.f.n. Z.Mirtursunov (1955-1958), R.Isomova (1945-1946), p.f.n., dotsent A.Asqarov (1958-1978), dotsent A.Burxonov, Gʻ.Ubaydullayev (1969), p.f.d, professor A.Q.Munavvarov (1978-1996), V.I.Shegol, dotsent M.Xayitboyev, dotsent M.S.Nishonov (1993-2002), Gʻ.K.Joʻraboyev A.X.Sattarov, B.Madaminov, Oʻ.Asqarova (2003-2020) lar kafedra mudiri lavozimlarida faoliyat olib borgan.2020 yil 11 sentabrda Pedagogika va psixologiya kafedrasi negizida 3 kafedra “Pedagogika nazariyasi va tarixi”, “Taʼlim menejmenti” hamda “Psixologiya” kafedralari tashkil etildi. 2024 yil sentabrdan boshlab “Pedagogika nazariyasi va tarixi” kafedrasi bilan “Taʼlim menejmenti” kafedralari muvofiqlashtirish provardida “Pedagogika” kafedrasi shakllantirildi. Ayni damda dotsent D.D.Inamov (2022 yildan boshlab) kafedra mudiri lavozimida faoliyat olib bormoqda.  2020 yil 11 sentabrda “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi asosida “Psixologiya” kafedrasi tashkil etildi. Dastlab dotsent A.Turgʻunboyeva (2020-2023 yillar), soʻngra dotsent U.D.Turaxanov (2024 yildan xozirgi vaqtga qadar) kafedra mudiri lavozimida faoliyat olib bormoqda. 1990-1995 yillarda “Boshlangʻich sinflarda ashula va musiqa” ( mudir N.Abdullayev, A.Azizov), “Boshlangʻich sinflarda rus tili oʻqitish metodikasi” (mudir dotsent  N.Ulugʻxoʻjayev) kafedralari ham kadrlar tayyorlash sifatiga salmoqli xissa qoʻshgan edi.Ushbu kafedralar 1995 yilga qadar faoliyat olib borgan. 1988-1996 yillar davomida “Maktabgacha tarbiya pedagogikasi va psixologiyasi” kafedrasi mustaqil faoliyat koʻrsatdi. Kafedraga dotsent M.Mirzaabdullayeva mudirlik qildi. 1996-2000 yillarga kelib “Maktabgacha tarbiya pedagogikasi va psixologiyasi” kafedrasi  “Boshlangʻich taʼlim metodikasi” kafedrasi tarkibida faoliyat yuritdi. 2000 yilda mutaxassis tayyorlovchi “Ijtimoiy psixologiya” kafedrasi shakllantirildi, dotsent M.Mahsudova rahbarlik qildi. “Ijtimoiy psixologiya” kafedrasi 2005 yilgacha faoliyat koʻrsatdi.“Boshlangʻich taʼlim pedagogikasi va metodikasi” kafedrasi universitetning yetakchi kafedralardan biri boʻlib kelgan.  1960 yilda mazkur kafedraga, yaʼni “Boshlangʻich taʼlim pedagogikasi va metodikasi” kafedrasiga asos solindi va unga dastlab filologiya  fanlari nomzodi, dotsent N.Boboxoʻjayev mudir etib tayinlandi. Shundan soʻng 1961-1962 yillarda filologiya fanlari nomzodi, dotsent  S.Jamolov, 1962-1966 yillarda tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent S.Poʻlatov, 1966-1968 yillarda katta oʻqituvchi Yo.Uzoqov, 1969-1974 yillarda biologiya fanlari nomzodi, dotsent F.Ahmadboyeva, 1980 yilda kafedra qayta tashkil etilib, 1980-1983 yillar mobaynida filologiya fanlari nomzodi, dotsent N.Boboxoʻjayev, 1983-1997 yillarda professor M.Yusupov, 1997-2000 yillarda katta oʻqituvchi N.Yusupov, 2000-2002 yillarda pedagogika fanlari nomzodi, dotsent B.Sattarov, 2002-2003 yillarda filologiya fanlari nomzodi, dotsent D.Qozoqov, 2004-2006 yillarda psixologiya fanlari nomzodi A.Rahmonov, 2006-2007 yillarda pedagogika fanlari nomzodi, dotsent M.Nishonov,  2007-2011 yillarda esa pedagogika fanlari nomzodi A.Sobirov, 2011-2012 yillar pedagogika fanlari nomzodi,  katta  oʻqituvchi Yu.Shaamirova, 2012-2013 yillar filologiya fanlari nomzodi, dotsent M.Hamidova, 2014 yil fizika-matematika fanlari nomzodi T.Abdullayev, 2014-2016 yillar A.Inomiddinov, 2016-2017 yillar fizika-matematika fanlari nomzodi T.Abdullayev, 2017-2018-yillar pedagogika fanlari nomzodi B.K.Sattarov, 2018-2020 yillar filologiya fanlari nomzodi, professor M.O.Hamidova, 2020-2021 pedagogika fanlari nomzodi, dotsent B.K.Sattarovlar kafedra mudiri sifatida faoliyat olib bordilar.2021 yildan “Boshlangʻich taʼlim metodikasi” kafedrasi   2 ta kafedraga, yaʼni “Boshlangʻich taʼlimda ijtimoiy-gumanitar fanlarni oʻqitish metodikasi” va “Boshlangʻich taʼlimda aniq va tabiiy fanlarni oʻqitish metodikasi” kafedrasiga boʻlindi. “Boshlangʻich taʼlimda ijtimoiy-gumanitar fanlarni oʻqitish metodikasi” kafedrasi mudiri sifatida 2021-2023 yillarda pedagogika fanlari nomzodi, dotsent B.K.Sattarov, 2023-2024 yillarda PhD, dotsent R.Lutfetdinova, “Boshlangʻich talimda aniq va tabiiy fanlarni oʻqitish metodikasi” kafedrasi mudiri sifatida pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD), dotsent D.Muminova faoliyat olib bordi. 2024-2025 oʻquv yilidan boshlab “Boshlangʻich taʼlimda ijtimoiy-gumanitar fanlarni oʻqitish metodikasi”, “Boshlangʻich taʼlimda aniq va tabiiy fanlarni oʻqitish metodikasi”, “Maktabgacha taʼlim metodikasi” kafedralari birlashtirilib, “Maktabgacha va boshlangʻich taʼlim” metodikasi kafedrasi nomi bilan kafedra mudiri sifatida pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent D.Muminova boshqarib kelmoqda. Jismoniy madaniyat kafedrasi 1967 yilda tashkil topgan boʻlib, quyidagi professor-oʻqituvchilar rahbarlik qilganlar: dotsent, Yunus Turgʻunovich Zokirov (1967-1970), dotsent Habib Ortiqovich Usmonov (1993-2002), dotsent Tolib Joʻrayevich Joʻrayev (1999-2000), katta oʻqituvchi Marchenko Nikolay Pavlovich (1973-1984), dotsent Ten Baris Pavlovich (1984-1985),  dotsent Smernova Lyudmila Sergeyevnalar (1990-1993). dotsent Boyboboyev Bohodir Gʻulomovich (2000-2008), dotsent Madaminov Baxodir Sharifjanovich (2008-2009), dotsent Ismoilov Turopjon Umrzaqovich (2009-2010).  2024 yil 26 avgustda “Jismoniy madaniyat”, “Sport turlarini oʻqitish uslubiyoti”, “Sport faoliyati”  kafedralari optimallashtirilib hozirgi “Sport faoliyati va jismoniy madaniyat” kafedrasi tashkil etildi. Ushbu kafedrani pedagogika fanlari nomzodi, professor Azizov Nosirjon Nigmatullayevich boshqarib kelmoqda. "Kasb talimi" kafedrasi "Ishlab chiqarish asoslari" kafedrasi nomi bilan "Fizika" kafedrasi bazasida 1958 yilda tashkil topgan. Kafedrani 1968-1981 yillarda katta oʻqituvchi O.Eshonov, 1982-1984 yillarda fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent G.Xusanov, 1984-1986 yillarda professor O.Eshonov, 1986-1989 yillarda dotsent G.Tubayev, 1990-1993 yillarda professor A.Raximov, 1993-1997 yillarda f.-m.f.n. T.I.Umaraliyev, 1997-2005 yillarda pedagogika fanlari nomzodi, dotsent S.X.Abdullayev, 2005-2006 yillari f.-m.f.n. T.I.Umaraliyev, 2006-2013 yillarda dotsent I.T.Uluxanov, 2013-1016 yillarda dotsent X.M.Akramov, 2017 yildan boshlab dotsent I.T.Uluxanov  rahbarlik qilib ishlab kelgan. 1987 yil Xamza nomli Namangan davlat pedagogika insititutining Pedagogika  fakulteti  qoshida pedagogika fanlar nomzodi, dotsent Badirjon Nuriddinovich Oripov tashabbusi bilan  “Tasviriy sanʼat, chizmachilik va mehnat” kafedrasi tashkil etildi.

Kafedra tarixida birinchi kafedra mudiri pedagogika fanlari nomzodi, dotsent Gafiyatulla Tubayev tayinlangan. Keyin esa dotsentlar B.N.Oripov, Botirsher Jabbarov, Alijon Turdialiyev, Abdinabi Amanullayev, Oʻktamjon Abdullayevlar kafedra mudiri boʻlib faoliyat yuritgan. 1993 yili kafedra faoliyatini kengayishi natijasida  “Badiiy -grafika va umumtexnika” fakulʼteti tashkil etilgan.   Bu paytda fan nomzodlari Tubayev Gafiyatulla, Qirgʻizboyeva Nafisaxon, Oripov Badirjon, Turdiyev Nurmuxammad, Nuʼmonov Damirjon, katta oʻqituvchilar Raxmonberdiyev  Maxmudjon, Ashurov Toʻrajon, Turdialiyev Alijon, Jabbarov Botirsher,  Shaxodatov  Mirjalol   va oʻqituvchilar Amanullayev Abdinabi, Roʻzinov Baxtiyor, Muxtarova Roxilaxonlar pedagogik faoliyat yuritishgan. 1998 yildan boshlab “Sanʼatshunoslik” fakulteti  mustaqil  fakultet boʻlib oʻz faoliyatini  boshladi. Fakultetga dekan B.N.Oripov, kafedra mudiri A.Turdaliyev, 2003 yilda A.Amanullayev, 2007 yilda Oʻ.Abdullayev, 2011 yilda A.Turdaliyev, 2012 yilda Oʻ.Abdullayev, 2013 yilda B.Jabbarov, 2015 yilda Oʻ.Abdullayevlar kafedra mudiri lavozimida faoliyat olib borgan. 2019 yilda B.Oripov kafedra mudiri boʻlib faoliyat olib borgan. 2019 yil avgust oyida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning Farmoniga koʻra koʻplab Oliy oʻquv yurtlarida boʻlgani kabi NamDUda ham Sanʼatshunoslik fakulʼteti tashkil etildi va kafedra “Tasiriy va amaliy sanʼat” nomi bilan yuritila boshladi.

Universitet kengashining 2021 yil 7 yanvar 4 - sonli majlisining 6.1–masalasida Sanʼatshunoslik fakulteti “Tasviriy va amaliy sanʼat” kafedrasi negizida “Tasviriy sanʼat va muxandislik grafikasi” va “Amaliy sanʼat va rangtasvir” kafedralari tashkil etilgan.

Universitet kengashining 2023 yil 30 avgust   1 - sonli majlisining 6.2–masalasida Pedagogika  fakulteti  negizida “Tasviriy sanʼat va muxandislik grafikasi” va “Amaliy sanʼat va rangtasvir” umumiylashtirilib “Tasviriy va amaliy sanʼat”kafedralari tashkil etilgan.

1997-1998 oʻquv yilida “Maʼnaviyat asoslari” kafedrasi qoshida Musiqa taʼlim” kafedrasi tashkil etildi. Kafedra mudiri S. Norqoʻziyev 1998-1999 oʻquv  yilida Pedagogika fakulteti tasarrufiga qoʻshilib “Musiqa taʼlimi” yoʻnalishida  kafedra mudiri  A.Joʻraboyev.  

1999-2000 oʻquv  yilida “Musiqa taʼlimi” yoʻnalishiga kafedra mudiri etib A. Soy tayinlandi. 

2000-2001 oʻquv yilida “Musiqa taʼlimi” yoʻnalishi Sanʼatshunoslik fakulteti tasarrufiga oʻtgan. A.Komolov kafedra mudiri sifatida faoliyat yuritgan. 2001-2002 oʻquv yilida “Musiqa taʼlimi” yoʻnalishi Sanʼatshunoslik fakulteti tasarrufiga oʻtib kafedra mudiri  Q.Raxmatov.

2004-2005 oʻquv yilda “Musiqa taʼlimi” yoʻnalishi Pedagogika  fakulteti tasarrufiga oʻtib kafedra mudiri A. Azizov. 2006-2008 yilida “Musiqa taʼlimi” yoʻnalishi Sanʼatshinoslik fakulteti tasarrufida kafedra mudiri D. Xamdamova. 2008-2009 yillarda “Musiqa taʼlimi” yoʻnalishi Sanʼatshinoslik fakulteti tasarrufida   kafedra mudiri A. Soy. 

2009-2010- yillarda “Musiqa taʼlimi” yoʻnalishi Sanʼatshinoslik fakulteti tasarrufida  kafedra mudiri A. Komilov. 2011-2012 yillarda “Musiqa taʼlimi” yoʻnalishi Sanʼatshunoslik  fakulteti tasarrufida, kafedra mudiri N.Abdullayev.2012-2014 yillarda “Musiqa taʼlimi” yoʻnalishi Pedagogika  fakulteti tasarrufida kafedra mudiri O. Azizov.

2014-2015 yillarda “Musiqa taʼlimi” yoʻnalishi Pedagogika  fakulteti tasarrufida kafedra mudiri O. Azizov. 2015-2018 yillarda “Musiqa taʼlimi” yoʻnalishi Pedagogika  fakulteti tasarrufida kafedra mudiri O. Azizov. 2019-2020 yillarda “Madniyatshunoslik va musiqa taʼlimi” yoʻnalishi Sanʼatshunoslik  fakulteti tasarrufida kafedra mudiri O. Topildiyev. 2020-2021 oʻquv yilida “Madniyatshunoslik va musiqa taʼlimi”  yoʻnalishi Sanʼatshunoslik  fakulteti tasarrufida kafedra mudiri O.Topildiyev. 2021-2022 yilda “Madniyatshunoslik va musiqa taʼlimi”  yoʻnalishi Pedagogika  fakulteti tasarrufida kafedra mudiri A.Ibragimov 

2022-2023 yilda “Madniyatshunoslik va musiqa taʼlimi” yoʻnalishi Sanʼatshunoslik  fakulteti tasarrufida kafedra mudiri O.Topildiyev.  2024-2025 yilda “Sanaʼtshunoslik”  kafedrasi Pedagogika  fakulteti tasarrufida tashkil etildi. Xozirgi kunda 44 nafar professor-oʻqituvchilar boʻlib ulardan 3 nafar professor, 10 nafar fan nomzodi dotsent, 15 nafar katta oʻqituvchi, 10 nafar oʻqituvchi, 6 nafar stajyor-oʻqituvchilar faoliyat olib bormoqda. Sanaʼtshunoslik kafedrasida 12 ta bakalavr yoʻnalishi 1 ta magistratura mutaxassisligi boʻyicha talabalarga taʼlim berilmoqda. 

2025 yil. Fakultetda 5 ta mutaxassislik kafedralar faoliyat olib boradi. ”Pedagogika” kafedrasi (mudiri dotsent D.Inamov), “Psixologiya” kafedrasi (mudiri v.b.dotsent U.Turaxanov), “Sanʼatshunoslik” kafedrasi (mudiri dotsent X.Soliyev), “Sport faoliyati va jismoniy madaniyat” kafedrasi (mudiri professor N.Azizov), “Maktabgacha va boshlangʻich taʼlim” kafedrasi (mudiri v.b.professor D.Muminova) kafedralari shular jumlasidandir.  

Yoʻnalishlar va mutaxassisliklar

BAKALAVRIAT:

60310300-Psixologiya (faoliyat turlari boʻyicha)

60310900- Psixologiya (amaliy psixologiya)

60110400-Boshlangʻich taʼlim

6 0110200-Maktabgacha taʼlim 

60110300-Maxsus pedagogika  (Inklyuziv taʼlim)

60920100- Ijtimoiy ish (Oila va bolalar bilan ishlash)

60110900-Pedagogika va psixologiya

60112500-Maktab menejmenti

60210500- Rang tasvir (dastgoxli)

60210800-Amaliy sanʼat (Badiiy kulolchilik)

60211400- Vokal sanʼat

60211500- Cholgʻu ijrochiligi

61010200-Sport faoliyati (faoliyat turlari boʻyicha)

MAGISTRATURA:

70310301-Psixologiya;

70110500-Maxsus pedagogika (Logopediya);

70110401-Boshlangʻich taʼlim;

70110201-Maktabgacha taʼlim;

70111201-Tasviriy va amaliy bezak sanʼati;

71010304-Sport faoliyati.

DOKTORANTURA:

17.00.04-Tasviriy va amaliy bezak sanʼati ixtissosligi.

19.00.06 - Yosh davrlar psixologiyasi va rivojlanish psixologiyasi.

13.00.01 - Pedagogika nazariyasi va tarixi

13.00.02 - Taʼlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi

13.00.07 - Taʼlimda menejment

13.00.04 -  Jismoniy tarbiya, sport mashgʻulotlari, sogʻlomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi.

Oʻtgan tarixiy davr mobaynida fakultetda 20 mingdan ziyod yuqori malakali pedagog kadrlar tayyorlandi. Jamoadan 4 nafar pedagogika fanlari doktori, 8 nafar professor, 40 ga yaqin fan nomzodlari, dotsentlar, koʻplab magistrlar, 20 dan ortiq “A.Novoiy nomli Davlat stipendiyasi” sovrindorlari va Respublika fan olimpiadasi gʻoliblari yetishib chiqdi.

Bu soxada fakultet tasarrufidagi 5 ta kafedrada oliy talimning  Davlat Talim Standartlariga muvofiq oʻquv rejalarida belgilangan maʼruzalar, amaliy va boshqa turdagi mashgʻulotlarning yuksak nazariy, ilmiy-uslubiy va kasbiy darajada oʻtkazish chora-tadbirlari ishlab chiqilgan. Shunga koʻra professor-oʻqituvchilar ilmiy-pedagogik  salohiyatni yanada oshirish, ular tarkibida yoshlar salmogʻini kengaytirish, talab darajasidagi oʻquv-uslubiy majmualar tizimini modernizatsiyalash, malakali professor-oʻqituvchilarni yangi oʻquv adabiyotlari hamda elektiron darsliklar yaratish ishiga jalb etish, oʻqitishda zamonaviy pedagogik-texnologiyalarni qoʻllash, moddiy-texnik bazasini  takomillashtirish masalalariga jiddiy eʼtibor qaratib kelinmoqda.


Dekanat

ILXOMJON RAXIMOV ABDULLAYEVICH
Lavozimi Dekan
Email -
Ilmiy darajasi Fan nomzodi, PhD
Ilmiy unvoni Dotsent
BAXROMJON ATAMIRZAYEV BAXODIR O‘G‘LI
Lavozimi Dekan muovini
Email -
Ilmiy darajasi Darajasiz
Ilmiy unvoni Unvonsiz
ABDURASUL MAXMUDOV NOSIRJON O‘G‘LI
Lavozimi Dekan muovini
Email -
Ilmiy darajasi Darajasiz
Ilmiy unvoni Unvonsiz

Kafedralari ro'yxati


Mavjud bakalavr ta'lim yo'nalishlari

T/r Nomlanishi
1 5110800 - Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi
2 5110900 - Pedagogika va psixologiya
3 5111000 - Kasb taʼlimi (5310600-Yerusti transporti tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi (avtomobil transporti))
4 5111100 - Musiqa ta’limi
5 5111700 - Boshlang‘ich ta’lim va sport-tarbiyaviy ish
6 5111700 - Boshlang’ich ta’lim
7 5111800 - Maktabgacha ta’lim
8 5111900 - Defektologiya (logopediya)
9 5112000 - Jismoniy madaniyat
10 5112100 - Texnologik ta’lim
11 5112100 - Mehnat ta'limi
12 5150600 - Vokal sanʼati (anʼanaviy xonandalik)
13 5150700 - Cholg‘u ijrochiligi (xalq cholg‘ulari)
14 5150700 - Cholg‘u ijrochiligi (xalq cholg‘ulari)
15 5150800 - Rangtasvir (dastgohli)
16 5150800 - Rangtasvir (turlari bo‘yicha)
17 5151200 - Amaliy san’at (badiiy kulolchilik)
18 5151700 - Madaniyat va san’at muassasalarini tashkil etish hamda boshqarish
19 5210200 - Psixologiya: amaliy psixologiya
20 5350600 - Kutubxona-axborot faoliyati (kutubxonachilik va bibliografiya)
21 5520102 - Ijtimoiy ish (oila va bolalar bilan ishlash)
22 5610400 - Ijtimoiy-madaniy faoliyat
23 5610500 - Sport faoliyati (faoliyat turlari bo‘yicha)
24 5640100 - Hayotiy faoliyat xavfsizligi
25 60110100 - Pedagogika va psixologiya
26 60110200 - Maktabgacha ta’lim
27 60110400 - Maxsus pedagogika (Logopediya) Special pedagogy (Logopedia)
28 60110400 - Defektologiya (Logopediya)
29 60110500 - Boshlang‘ich ta’lim
30 60111200 - Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi
31 60111300 - Musiqa ta’limi
32 60112200 - Jismoniy madaniyat
33 60112300 - Texnologik ta’lim
34 60112400 - Professional ta'lim:texnologik mashinalar va jixozlar
35 60210400 - Dizayn (sanoat dizayni)
36 60210500 - Rangtasvir (dastgohli)
37 60210600 - Grafika (xattotlik va miniatyura)
38 60210800 - Amaliy san’at (badiiy kulolchilik)
39 60211400 - Vokal san’ati(ananaviy xonandalik)
40 60211400 - Vokal san’ati(ananaviy xonandalik)
41 60211500 - Cholg‘u ijrochiligi(xalq cholgulari)
42 60212000 - Madaniyat va san’at muassasalarini tashkil etish hamda boshqarish
43 60310300 - Psixologiya
44 60310900 - Psixologiya (faoliyat turlari bo‘yicha)
45 60320400 - Kutubxona-axborot faoliyati (faoliyat turlari bo‘yicha)
46 60920100 - Ijtimoiy ish(oila va bolalar bilan ishlash)
47 61010100 - Mehmonxona xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish
48 61010200 - Sport faoliyati (voleybol)
49 61010300 - Sport faoliyati (kurash)
50 61010300 - Sport faoliyati: Voleybol
51 61010300 - Sport faoliyati (xotin-qizlar sporti yo‘nalishi bo‘yicha)
52 61010300 - Sport faoliyati (faoliyat turlari bo‘yicha)
53 61010300 - Sport faoliyati: Qo’l to’pi
54 61020100 - Hayot faoliyati xavfsizligi

Mavjud magistratura ta'lim yo'nalishlari

T/r Nomlanishi
1 5A110801 - Tasviriy san’at va amaliy bezak san’ati
2 5A110901 - Pedagogika nazariyasi va tarixi (faoliyat turi bo‘yicha)
3 5A111101 - Musiqa ta’limi va san’at
4 5A111701 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim)
5 5A111801 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (maktabgacha ta’lim)
6 5A111801 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (maktabgacha ta’lim)
7 5A112001 - Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi
8 5A610501 - Sport faoliyati (faoliyat turlari bo‘yicha)
9 70110101 - Pedagogika nazariyasi va tarixi (faoliyat turi bo‘yicha)
10 70110103 - Ta’lim muassasalarining boshqaruvi
11 70110201 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (maktabgacha ta’lim)
12 70110501 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim)
13 70111201 - Tasviriy san’at va amaliy bezak san’ati
14 70111301 - Musiqa ta’limi va san’at
15 70112201 - Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi
16 70310301 - Psixologiya
17 70310901 - Psixologiya (faoliyat turlari bo‘yicha)
18 71010301 - Sport faoliyati (faoliyat turlari bo‘yicha)
19 71010304 - Ommaviy sportni rivojlantirish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish
image

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image