Bugun, 14-fevral kuni Namangan davlat universiteti huzuridagi PhD.03/2025.27.12.Ped.22.02 raqamli Ilmiy kengash majlisida Maxmudova Dilnoza Xaytmirzayevnaning 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha tayyorlangan “Akmeologik yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarda kognitiv kompetentlikni rivojlantirish texnologiyasi” mavzusidagi dissertatsiya ishi muhokama qilindi.
🗳 Ilmiy kengash a’zolari tomonidan tadqiqot muhim va dolzarb ilmiy muammo sifatida e’tirof etildi, ilmiy-nazariy hamda amaliy jihatdan yuqori baholandi. Kengash a’zolari tomonidan dissertatsiyaga ijobiy baho berildi va Maxmudova Dilnoza Xaytmirzayevnaga Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berish tavsiya etildi.
💐👏Universitetimiz nomidan Dilnoza Xaytmirzayevnani ushbu muvaffaqiyati bilan chin dildan tabriklaymiz, hamda kelgusi ishlarida bardavomlik tilaymiz.
Namangan davlat universiteti Axborot xizmati