Namangan davlat universiteti professorining ilmiy maqolasi Q1 toifadagi jurnalda chop etildi!

Jahon miqyosida e’tirof etilgan «Social Sciences & Humanities Open» (https://www.sciencedirect.com/journal/social-sciences-and-humanities-open) jurnalida Namangan davlat universiteti Jahon tillari fakulteti professori Zebo Botirovaning “Unlocking Uzbek word formation as a key to proficiency for English-speaking learners” mavzusidagi ilmiy maqolasi chop etildi!

«Social Sciences & Humanities Open» (https://www.sciencedirect.com/journal/social-sciences-and-humanities-open) jurnali Buyuk Britaniyada joylashgan nufuzli Elsevier nashriyoti tomonidan chop etiladi. Jurnal Scopus va Web of Science bazalarida eng yaxshi kvartil (best quartile) sifatida Q1 deb ko‘rsatilgan. Bu esa uni jahon miqyosida eng yuqori baholangan ilmiy nashrlar safiga kirishga sazovor etgan.

Maqola bilan tanishish

Ushbu muvaffaqiyat Namangan davlat universitetining xalqaro ilmiy nufuzini yanada yuqoriga koʻtarishi shubhasiz!

Namangan davlat universiteti Axborot xizmati

Home Book

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image