Mazkur uchrashuvda fakultet tarkibidagi kafedra mudirlarining hisobotlari atroflicha tinglandi va tahlil qilindi. Hisobotlarda 2025-yil davomida amalga oshirilgan o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy hamda tashkiliy ishlar yuzasidan batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.
Xususan, professor-o‘qituvchilarning ilmiy maqolalari, Scopus va Web of Science bazalaridagi nashrlar, o‘quv qo‘llanmalar va darsliklar tayyorlash, talabalar bilan ishlash samaradorligi hamda amaliyot jarayonlarini takomillashtirish borasida bajarilgan ishlar muhokama qilindi.
Shuningdek, 2026-yil uchun belgilangan ustuvor vazifalar va maqsadli ko‘rsatkichlar ko‘rib chiqildi. Unda ilmiy salohiyatni yanada oshirish, professor-o‘qituvchilarning ilmiy daraja va unvonlarini ko‘paytirish, yosh olimlarni qo‘llab-quvvatlash, xalqaro grantlar va ilmiy loyihalarda faol ishtirok etish, startap tashabbuslarini rivojlantirish hamda investitsiyalarni jalb qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Yig‘ilish yakunida rektor tomonidan mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, kafedralar faoliyatini samarali tashkil etish hamda belgilangan maqsadli ko‘rsatkichlarga erishish yuzasidan aniq topshiriq va tavsiyalar berildi.
Namangan davlat universiteti Axborot xizmati