Najmiddinov Asilbek Nosirjon o‘g‘li dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi

Namangan davlat universiteti huzuridagi PhD.03/2025.27.12.V.22.05 raqamli Ilmiy kengash majlisida Najmiddinov Asilbek Nosirjon o‘g‘lining 03.00.05 – “Botanika” ixtisosligi bo‘yicha tayyorlangan “Farg‘ona vodiysi florasida tarqalgan Euphorbia L. turkumi (taksonomiyasi, geografiyasi, ekologiyasi va molekulyar tahlili)” mavzusidagi dissertatsiya ishi muhokama qilindi.

🗳 Ilmiy kengash a’zolari tomonidan tadqiqot muhim va dolzarb ilmiy muammo sifatida e’tirof etildi, ilmiy-nazariy hamda amaliy jihatdan yuqori baholandi. Kengash a’zolari tomonidan dissertatsiyaga ijobiy baho berildi va Najmiddinov Asilbek Nosirjon o‘g‘liga Biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berish tavsiya etildi.

💐👏Universitetimiz nomidan Asilbek Nosirjon o‘g‘lini ushbu muvaffaqiyati bilan chin dildan tabriklaymiz, hamda kelgusi ishlarida bardavomlik tilaymiz.

Namangan davlat universiteti Axborot xizmati

Home Book

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image