Mirzo Ulug‘bek vorislari respublima tanlovining Chortoq tumani bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur bosqichda ham eng yuqori ko‘rsatkich bilan Iqtisodiyot fakulteti talabasi Abdurahmonov Asilbek g‘oliblar qatoridan o‘rin egallab, keyingi bosqichga yo‘llanmani qo‘lga kiritish bilan bir qatorda 2 mln so‘m pul mukofotiga ham ega bo‘ldi.
“Ulug‘bek vorislari” respublika tanlovining tuman saralash bosqichlari davom etadi. Viloyatimizning tumanlaridan yana ko‘plab talabalarimiz mazkur tanlovda ishtirok etishmoqda. Albatta ulardan ham yaxshi natijalar kutib qolamiz.
📆 Eslatma: Ertaga 5-mart kuni Norin tumani bosqichi bo‘lib o‘tadi.
👏💐Tanlovda ishtirok etayotgan barcha talabalarimizga omad tilab, yaxshi natijalarni kutib qolamiz.