Namangan davlat universiteti Biotexnologiya fakultetida universitetning sobiq talabasi, xalqaro miqyosda tan olingan olim, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Botanika instituti Molekulyar filogeniya va biogeografiya laboratoriyasi mudiri Ziyoviddin Yusupov bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida olim talabalarga zamonaviy biologiya fanining dolzarb yo‘nalishlari, xususan molekulyar biologiya, genomika hamda botanika sohalarida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar haqida ma’lumot berdi. Shuningdek, u o‘zining ilmiy izlanishlari va xalqaro ilmiy hamkorlik tajribasi haqida ham so‘z yuritdi.

Ziyoviddin Yusupov “Allium L. (Amaryllidaceae) turkumining filogeniyasi, biogeografiyasi va evolyutsiyasi” mavzusida ma’ruza qildi. Mazkur ma’ruza davomida Allium turkumiga mansub o‘simliklarning kelib chiqishi, evolyutsion rivojlanishi hamda geografik tarqalishining zamonaviy molekulyar usullar asosida o‘rganilishi haqida qiziqarli ilmiy ma’lumotlar taqdim etildi.

Uchrashuv talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi. Talabalar tomonidan berilgan savollarga mutaxassis tomonidan batafsil javoblar berildi.

Namangan davlat universiteti Axborot xizmati

Home Book

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image