Ikramov Nuriddin Boxodirovich dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi

Namangan davlat universiteti huzuridagi PhD.03/2025.27.12.V.22.05 raqamli Ilmiy kengash majlisida Ikramov Nuriddin Boxodirovichning 03.00.05 – “Botanika” ixtisosligi bo‘yicha tayyorlangan “Norin daryosi havzasi quyi oqimi algoflorasi” mavzusidagi dissertatsiya ishi muhokama qilindi.

🗳 Ilmiy kengash a’zolari tomonidan tadqiqot muhim va dolzarb ilmiy muammo sifatida e’tirof etildi, ilmiy-nazariy hamda amaliy jihatdan yuqori baholandi. Kengash a’zolari tomonidan dissertatsiyaga ijobiy baho berildi va 100 foiz ovoz bilan Ikramov Nuriddin Boxodirovichga Biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berish tavsiya etildi.

💐👏Universitetimiz nomidan Nuriddin Boxodirovichni ushbu muvaffaqiyati bilan chin dildan tabriklaymiz, hamda kelgusi ishlarida bardavomlik tilaymiz.

Home Book

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image