#Xalqaro_konferensiya 

Namangan davlat universitetida xalqaro ilmiy konferensiya o‘tkazildi

Namangan davlat universitetida “Yoshlarni ilm-fan va innovatsiyalarga asoslangan zamonaviy kasblarga yo‘naltirishning psixologik mexanizmlari” mavzusida xalqaro ilmiy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Mazkur konferensiyaning asosiy strategik maqsadi respublikamizda psixologiya fani yo‘nalishlarida olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarini tahlil qilish, yoshlarni ilm-fan va innovatsiyalarga asoslangan zamonaviy kasblarga yo‘naltirishning psixologik xususiyatlarini o‘rganish, ushbu jarayonni tashkil etishda yuzaga kelayotgan muammolar hamda ularning yechimlarini aniqlashdan iborat bo‘ldi.

Shuningdek, tadbir doirasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimidagi innovatsiyalar, yoshlarni kasbga yo‘naltirish samaradorligiga ta’sir etuvchi ijtimoiy omillar hamda ushbu yo‘nalishda olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari keng muhokama qilindi.

Konferensiyada qo‘shni Qirg‘iziston Respublikasining O‘sh davlat pedagogika universitetidan tashrif buyurgan mehmonlar ham ishtirok etib, o‘zaro tajriba almashildi.

 

Home Book

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image