PREZIDENTIMIZNING YOSHLARGA BO‘LGAN ISHONCHI – BIZGA KUCH VA MOTIVATSIYA BERMOQDA.
- Bosh sahifa
- Faoliyat
- Ma'naviy-ma'rifiy faoliyat
- PREZIDENTIMIZNI...
- 15.02.2025
- 10:38
- 293

Kuni-kecha Ko‘ksaroy qarorgohida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz yoshlari bilan muloqoti bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda yoshlar bilan ishlash natijadorligini yanada oshirish, ularga yanada keng imkoniyatlar yaratish chora-tadbirlari muhokama qilindi, faol yoshlarning taklif va tashabbuslari qo‘llab-quvvatlandi.
Ushbu jarayonlarni biz ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri hayajon ila tinglab bordik, sababi har doimgidek davlatimiz rahbari yoshlar bilan uchrashuvda yangi imkoniyatlar, yangi tashabbuslarni ilgari surishlariga o‘rganib qolganmiz, bu safargi uchrashuv ham kutganimizdan-da a’lo bo‘ldi.
Ayniqsa, Prezidentimizning ta’lim sohasiga, yoshlar tadbirkorligiga yaratib berayotgan imkoniyatlari har bir O‘zbekistonlik yoshlar qalbini g‘urur va iftixorga to‘ldiradi.
Davlatimiz rahbari Sh.Mirziyoyev: “Hozirgi vaqtda dunyodagi "top" oliygohlarda 1,5 mingdan ziyod talabalarimiz tahsil olmoqda. Bu O‘zbekiston uchun tarixda kuzatilmagan voqelik. Ilmiy darajali yosh olimlarimiz soni 2 karra oshib, 4 ming 357 nafarga yetdi. Ayniqsa, farzandlarimiz orasida chet tillarni o‘rganishga qiziqish keskin kuchaydi.Ilmiy darajali yosh olimlarimiz soni 2 karra oshib, 4 ming 357 nafarga yetdi. Ayniqsa, farzandlarimiz orasida chet tillarni o‘rganishga qiziqish keskin kuchaydi” degan fikrlari ham raqamlarda hamda amaliy ishlar natijadorligini aytib turibdi.
Shuningdek, dunyoning nufuzli “TOP-100” oliygohlarida ilmiy daraja olgan 35 yoshgacha bo‘lgan yosh olimlarga uy-joy uchun 10 yil muddatga 800 million so‘mgacha foizsiz ssuda ajratilishi, energetika, transport, urbanizatsiya, zamonaviy arxitektura, tibbiyot yo‘nalishlarida “El-yurt umidi” jamg‘armasi kvotalari ko‘paytirilishi yosh olimlarning yanada g‘ayrat bilan mehnat qilishiga sabab bo‘ladi.
O‘ylaymanki, bu amaliy ishlarning boshlanishi, hali oldinda juda ko‘p maqsadlar, marralar va natijalar kutib turibdi. Bu jarayonlarga javoban, talaba yoshlar, biz kabi olimlar yanada ikki hissa kuch bilan, fidoiylik bilan mehnat qilishimiz lozim.
Abdulbositxon SOBIRXONOV
Tabiiy fanlar fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari,
pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Qidirish
So'nggi yangiliklari
O‘ZARO HURMAT VA DO‘STLIKNING OLIY NAMUNASI
- 13.03.2025