Yoshlar - Yangi O‘zbekistonning bugungi va ertangi bunyodkorlari!
- Bosh sahifa
- Faoliyat
- Ma'naviy-ma'rifiy faoliyat
- Yoshlar - Yangi...
- 15.02.2025
- 10:00
- 342

Bugungi tahlikali zamonda yoshlar masalasini davlat siyosati darajasiga olib chiqadigan qay bir davlat borki, uning ertasi porloq bo‘lajak. Xususan, kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda shaxsan men ham ishtirok etishim orqali oldimda turgan mas’uliyat ikki karra ortganini his eta oldim.
O‘zim ilmiy tadqiqotchi bo‘lganligim bois dunyoning nufuzli “top-100” talik darajadagi oliygohlarda ilmiy daraja olgan 35 yoshgacha bo‘lgan yosh olimlarga uy-joy uchun 10 yil muddatga 800 million so‘mgacha foizsiz ssuda ajratilishi ham beixtiyor men va men kabi izlanuvchilarga kuch-g‘ayrat bag‘ishlay oldi desam, mubolag‘a bo‘lmaydi.
Avvallari jahon olimpiadalarida g‘olib bo‘lib qaytgan yoshlarga katta miqdordagi pul mablag‘lari, uy kabi yutuqlar berilgan bo‘lsa, endi fan olimpiadalari g‘oliblariga ham avvalgi bir martalik berilayotgan pul mukofoti 5 karraga oshirilishi ta’kidlandi. Bu ham yurtimizda ta’lim tizimi yangi bosqichga qadam qo‘yayotgani, yoshlarimizni bemalol jahon miqyosida o‘z kuchlarini ko‘rsatib qo‘yishlari uchun chinakam motivatsiya bo‘la olganidan dalolatdir.
“Kelgusida uchinchi renessans poydevorlarini yaratadigan yangi Xorazmiylar, Beruniylar, Ibn Sinolar, Mirzo Ulug‘bek va Alisher Navoiylar qayerdan paydo bo‘ladi? Bu ulkan vazifalarni kim bajaradi? Men qayta va qayta takrorlashdan charchamayman. Albatta, bu ezgu g‘oyalarni sizlar - bugungi Yangi O‘zbekiston yoshlari amalga oshirasizlar”. Ushbu berilgan ishonch biz yoshlar uchun ulkan mas’uliyatdir. Shuni his etgan holda, men va men kabi shijoatli yoshlar yurtboshimiz va xalqimiz ishonchini oqlashga tayyor va bunga majburmiz!
Qidirish
So'nggi yangiliklari
O‘ZARO HURMAT VA DO‘STLIKNING OLIY NAMUNASI
- 13.03.2025