“Oilaga xiyonat – o‘z taqdiriga xiyonat” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi
- Bosh sahifa
- Axborot xizmati
- Tadbirlar
- “Oilaga xiyonat...
- 15.05.2024
- 21:14
- 380
Bugun 15-may - "Xalqaro oila kuni" munosabati bilan Namangan davlat universiteti Xotin-qizlar maslahat kengashi tomonidan talaba-qizlar bilan “Oilaga xiyonat – o‘z taqdiriga xiyonat” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Tadbirda Namangan davlat universiteti Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi S.Usmanova, profilaktika inspektori Z.Karimova, kengash o‘rinbosari F.Otabayeva, kengash maslahatchisi M.Payziboyeva va talaba-qizlar ishtirok etdi.
Tadbir davomida talaba-qizlarga oila muqaddas ekanligi, oilada barchaga hurmatda bo‘lish, xushmuomalada bo‘lish, xiyonat yo‘liga kirmaslik tushunchalar berildi.
Shuningdek, oilaga xiyonat holatlarining salbiy oqibatlari haqida misollar keltirildi. Agarda turmushga chiqqan talaba-qizlarimiz tazyiqqa uchrayotgan bo‘lsa, yoki shunday holatlardan xabardor bo‘lsa inspektorga murojaat qilishlari zarurligi, zarurat bo‘lsa ularga nisbatan himoya orderi taqdim qilinishi to‘g‘risida maʼlumotlar berildi.