Asosiy kontentga o'tish

Namangan davlat texnika universiteti professori Ozoda Abdullayeva Janubiy Koreya Respublikasining Seul shahrida bo‘lib o‘tgan “Koreya xalqaro ixtirochi ayollar ko‘rgazmasi” — KIWIE-2026 xalqaro tanlovida muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

Tanlovning rasmiy natijalariga ko‘ra, professor Ozoda Abdullayeva tomonidan taqdim etilgan “Motocognition” innovatsion ishlanmasi Oltin medal bilan taqdirlandi.

Mazkur yutuq olimaning ilmiy-ijodiy va innovatsion faoliyatidagi muhim natija bo‘lishi bilan birga, O‘zbekiston, xususan, Namangan viloyatining ilmiy-innovatsion salohiyatini xalqaro maydonda munosib namoyon etuvchi yuksak eʼtirofdir.

Ayniqsa, mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi arafasida bunday nufuzli xalqaro yutuqning qo‘lga kiritilishi yurtimizda ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirish, xususan, xotin-qizlarning ilmiy va innovatsion faoliyatini qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarning amaliy natijasidir.

KIWIE dunyoning turli mamlakatlaridan xotin-qiz ixtirochi va innovatorlarni birlashtiruvchi nufuzli xalqaro tanlovlardan biri bo‘lib, unda zamonaviy ilmiy-texnik ishlanmalar va innovatsion g‘oyalar xalqaro ekspertlar tomonidan baholanadi.

Bunday yutuqlar yoshlarning ilm-fan va innovatsiyalarga qiziqishini oshirish, ularni yangi g‘oyalar va istiqbolli loyihalar ustida izlanishga undash hamda xalqaro maydonda munosib natijalarga erishishga ruhlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Olimaning kelgusidagi ilmiy izlanishlari va innovatsion loyihalari mamlakatimiz ilm-fani taraqqiyoti hamda yurtimizning xalqaro ilmiy-innovatsion nufuzini yanada yuksaltirishga munosib hissa qo‘shishiga tilakdoshmiz.

Home Book

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image