Tibbiyot fakultetida birinchi bosqichga qadam qoʻygan 274 nafar talaba qasamyod qabul qildi
- Bosh sahifa
- Axborot xizmati
- Tadbirlar
- Tibbiyot fakult...
- 27.11.2024
- 11:37
- 135
Shifokorlik buyuk va sharafli kasb. Bu kasb insondan umr bo'yi ilm o'rganish, izlanish, tajriba va sabr-toqat talab qiladi. Bemor vaqtingizda shifokorning nafaqat muolajasi balki, shirin so'zi ham og'riyotgan joningizga taskin beradi.
Bugun Namangan davlat universiteti Tibbiyot fakulteti 1-bosqichiga qabul qilingan yigit-qizlar ishtirokida “Talabalar qasamyodi” tadbiri boʻlib oʻtdi.
Tadbirda Yoshlarni ma'naviy yuksalishiga ko'maklashish departament boshlig'i Sherali Jo'rayev talabalarni yuksak va mas'uliyatli kasbga ilk qadamlari bilan muborakbod etib, bir qator talabalarga tashakkurnoma va esdalik sovg'alarini taqdim etdi.
Talabalar tomonidan tadbirda sahna ko'rinishlari, she'rlar va raqslar ijro etildi. Tashrif buyurgan ota-onalar o'z farzandlarini muborakbod etdilar.
Qidirish
So'nggi yangiliklari
Relationship
- 25.11.2024