Masofaviy ta’lim shakli talabalari bilan uchrashuv o‘tkazildi
- Bosh sahifa
- Axborot xizmati
- Yangiliklar
- Masofaviy ta’li...
- 19.09.2026
- 14:00
- 96
Namangan davlat universitetida masofaviy ta’lim shakliga qabul qilingan talaba-yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda rektor maslahatchisi Xayrullo Meliboyev, O‘quv-uslubiy boshqarma Ta’lim jarayonlarini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i Mahmudjon Qurbonov hamda masofaviy ta’lim shakliga qabul qilingan talabalar ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida talabalarga Vazirlar Mahkamasining 2022-yildagi 559-son qarori bilan tasdiqlangan nizomda belgilangan talablar, masofaviy ta’lim jarayonini tashkil etish tartibi hamda ta’lim olish bilan bog‘liq muhim jihatlar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.
Namangan davlat universiteti Axborot xizmati