Asosiy kontentga o'tish
NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETINING RASMIY TELEGRAM KANALI TASDIQLANDI

Namangan davlat universitetining rasmiy Telegram kanali — @Namdu_xabarlari tasdiqlanganlik (verified) belgisiga ega bo‘ldi.

Mazkur tasdiqlangan nishon universitetning rasmiy Telegram kanalini boshqa sahifalardan ajratib olish va Telegram qidiruvida Namangan davlat universitetining haqiqiy rasmiy sahifasini oson topish imkonini beradi.

So‘nggi yillarda Namangan davlat universiteti Axborot xizmati tomonidan universitetning rasmiy veb-sayti hamda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini zamonaviy talablar asosida, mazmunan boy va yuqori saviyada yuritishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Universitet hayotidagi muhim yangiliklar, ta’lim jarayonlari, ilmiy faoliyat, tadbirlar va rasmiy axborotlar keng jamoatchilikka tezkor va ishonchli tarzda yetkazib kelinmoqda.

Telegramdagi tasdiqlanganlik belgisi esa universitetning raqamli axborot maydonidagi rasmiyligini yanada aniq ko‘rsatib beruvchi muhim belgilardan biridir.

Home Book

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image