Mazkur uchrashuvda fakultet dekani Sh.Ataxanov, Universitet Kengashi kotibi A.To‘xtaboyev, Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo'limi boshlig'i M.Habibullayev, fakultet rahbariyati va faol talabalar ishtirok etishdi.

Seminar davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari sohibi bo‘lgan talabalar tomonidan "muvaffaqiyat sirlari" shiori ostida fikr-mulohazalar ulashildi.

Shuningdek, Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo'limining  ilmiy-strategik maqsadlari, turli xil respublika va xalqaro tanlovlar, fan olimpiadalari hamda universitetda talabalar uchun yaratib berilayotgan sharoit va imkoniyatlar haqida ma'lumot ulashildi.

Seminar yakunida, Iqtidorli talabalar bilan ishlash bo'limi va Biotexnologiya fakulteti o‘zaro hamkorlikda faoliyat samaradorligini yanada oshirish boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi.

Talabalar tomonidan berilgan savollar o‘z javobini topdi, taklif va tashabbuslar inobatga olindi.

image

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image