GIYOHVANDLIKKA QARSHI KURASHISH OYLIGI
- Bosh sahifa
- Axborot xizmati
- Tadbirlar
- GIYOHVANDLIKKA ...
- 12.02.2025
- 09:28
- 365

GIYOHVANDLIKKA QARSHI KURASHISH OYLIGI
"Uyushmagan yoshlarda giyohvandlikka qarshi immunitetni shakllantirishga doir chora-tadbirlar rejasi" tasdiqlangan. Ushbu rejaning tegishli bandlari ijrosi yuzasidan Ijtimoiy fanlar, Biotexnologiya, Tibbiyot, Pedagogika fakultetlarida navbatdagi targʻibot tadbiri boʻlib oʻtdi.
Tadbirda universitet profilaktika inspektorlari A.Toʻxtabayev, D.Karimov, Z.Karimova hamda tegishli fakultet dekan oʻrinbosarlari, tyutorlari va talabalari ishtirok etdi.
Tadbir davomida yoshlar orasida narkotik va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurash, giyohvand moddalar xususan, sintetik vositalar, elektron sigaretalarga berilish holatlari ularning turlari, inson salomatligi uchun zarari va giyohvand moddalarga berilib qolishning salbiy oqibatlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Qidirish
So'nggi yangiliklari
O‘ZARO HURMAT VA DO‘STLIKNING OLIY NAMUNASI
- 13.03.2025