Rektor va yoshlar uchrashuvida Namangan davlat uviversiteti rektori, p.f.d., professor S.Turgʻunov maktablarda kafedra filiallarini ochish tashabbusini ilgari surganligi natijasida Pedagokika fakulteti Maktabgacha va boshlang'ich ta'lim kafedrasi mudiri p.f.d., DSc., prof.v.b.D.Muminova va kafedra professor-o'qituvchilari tomonidan Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi bilan "Hamkorlik Shartnomasi" va Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlari bilan  "Memorandum" imzolandi. Shuningdek hududlar kesimida  "Maktabgacha  va boshlangʻich taʼlim Kafedra filiallari" tashkil etildi.

Jumladan, Namangan viloyat Qo'g'irchoq teatrida,  Namangan tumani 8-umumta'lim maktabi, Davlatobod tumanidagi 49-umumta'lim maktabida tashkil etilgan kafedra filliallari bilan memorandum imzolandi. Kafedra filliallarida professor-o'qituvchilar tomonidan mahorat darslari, ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar o'tkazilmoqda. Boshlang'ich ta'lim va maktabgacha ta'lim yo‘nalishi bitiruvchi talabalari kafedra o‘qituvchilari tomonidan olib borilgan "Mahorat darslarda" bevosita ishtirok etib, o'zlariga kerakli bo'lgan tajribalarni olishmoqda.

image

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image