“Dolzarb 90 kun” doirasida: ijod va sport bir sahnada

Namangan davlat universiteti Pedagogika fakulteti tomonidan yoshlar o‘rtasida ijodiy va jismoniy faollikni oshirish, ularning salohiyatini yuzaga chiqarish maqsadida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida navbatdagi hamkorlikdagi tadbir tashkil etildi.

Tadbir Namangan shahar Qadamjo mahalla fuqarolar yig‘ini hamda 27-sonli umumta’lim maktabi bilan hamkorlikda o‘tkazildi. Tadbirda maktab o‘quvchilari ishtirokida ikki yo‘nalishda tanlovlar tashkil etildi:

“Ijod ranglarda” nomli rasm chizish tanlovida ishtirokchilar tabiat, tinchlik, Vatanga muhabbat, orzu-umidlar singari mavzularda chizgan asarlari orqali o‘z dunyoqarashlari va ijodiy qarashlarini ifodaladilar. Har bir ishda bolalarning hayotga bo‘lgan ijobiy nigohi, tasavvur va tasvir orqali ifoda topdi. Tanlov hakamlar hay’ati tomonidan baholanib, eng yaxshi ishlar alohida e’tirof etildi.

“To‘p va mahorat” nomi ostidagi stol tennisi musobaqasida esa o‘quvchilar jismoniy tayyorgarlik, chaqqonlik va sport madaniyatini namoyon etdilar. Musobaqa do‘stona raqobat va sog‘lom muhitda o‘tdi. G‘olib va faol ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan rag‘batlantirildi.

Mazkur tadbir nafaqat yoshlarning iste’dod va salohiyatini namoyon qilishga xizmat qildi, balki universitet, mahalla va maktab o‘rtasidagi samarali hamkorlikka, yoshlar tarbiyasida ijtimoiy mas’uliyatni kuchaytirishga xizmat qilmoqda.

Tadbir yakunida tashkilotchilar ishtirokchilarga kelgusi faoliyatlarida omad tilab, bu kabi loyihalar muntazam davom etishini ta’kidlashdi.

photo_2025-07-07_15-37-58.jpgphoto_2025-07-07_15-38-02.jpgphoto_2025-07-07_15-38-04.jpg

photo_2025-07-07_15-38-07.jpgphoto_2025-07-07_15-38-10.jpgphoto_2025-07-07_15-38-12.jpg

Home Book

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image