Asosiy kontentga otish

Namangan davlat universiteti Filologiya fakultetida 2025/2026-o‘quv yilida bakalavriat bosqichini muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarga diplomlarni tantanali topshirish marosimi boʻlib oʻtdi.

Tantanali marosimda universitet rektori Abdug‘affor Qirg‘izboyev bitiruvchilarni samimiy tabriklab, ularning kelgusidagi faoliyatiga omad va muvaffaqiyatlar tiladi.

Bugun sizlar hayotingizdagi muhim bosqichni — ilm olish yo‘lidagi ulkan yutuqni nishonlayapsizlar. Namangan davlat universiteti sizlarga nafaqat puxta bilim, balki hayotga tayyorlanish va jamiyatda munosib o‘rin egallash yo‘lida mustahkam poydevor yaratdi, deb ishonaman. Egallagan bilim va tajribangizni Vatanimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligi yo‘lida sidqidildan xizmat qilishga safarbar etasiz, degan umiddaman. Barchangizga kelgusi faoliyatingizda omad, baxt va ulkan zafarlar tilayman! — dedi rektor.


Shundan so‘ng bakalavriat va magistratura bosqichi bitiruvchilariga diplomlar tantanali ravishda topshirildi. Shuningdek, o‘quv yili davomida ilm-fan, ta’lim, madaniyat, sport hamda boshqa yo‘nalishlarda yuqori natijalarga erishgan, respublika va xalqaro tanlovlar, fan olimpiadalari hamda universitet miqyosida o‘tkazilgan turli tanlovlarda g‘olib bo‘lgan talabalar munosib taqdirlanib, ularga tashakkurnomalar va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Ma’lumot uchun, 2025/2026-o‘quv yilida Filologiya fakultetining kunduzgi ta’lim shaklini 210 nafar, sirtqi ta’lim shaklini 317 nafar hamda kechki ta’lim shaklini 48 nafar talaba tamomladi.

Home Book

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image