Bugun, 7-sentyabr kuni Namangan davlat universitetining bosh o‘quv binosida 2026/2027-o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tantanali marosimda universitet rektori Abdug‘affor Qirg‘izboyev, professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar, ularning ota-onalari hamda faxriy mehmonlar ishtirok etdi. Bayramona ruhda o‘tgan tadbir yangi o‘quv yilining boshlanishini ifodalovchi muhim voqealardan biriga aylandi.
Tadbir avvalida O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangradi. Shundan so‘ng Namangan davlat universiteti rektori, professor Abdug‘affor Qirg‘izboyev tadbirni tabrik so‘zi bilan ochib berdi. Rektor o‘z so‘zida talaba-yoshlarni yangi o‘quv yili boshlanishi bilan samimiy muborakbod etib, ularni puxta bilim egallash, doimiy izlanish, tashabbuskorlik ko‘rsatish hamda yuksak marralarni ko‘zlab, dadil harakat qilishga chorladi.
Tadbir davomida oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida yuqori natijalarni qayd etib, Namangan davlat universitetiga talabalikka tavsiya etilgan bir guruh iqtidorli yoshlarga universitet rektori tomonidan tashakkurnomalar topshirildi.
Ayni paytda universitetning boshqa o‘quv binolarida ham 2026/2027-o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan tantanali tadbirlar o‘tkazilmoqda.
- Universitet
- Ta'lim
- Axborot xizmati
- Faoliyat
- Hujjatlar
- Qabul
- Qabul yangiliklari
- Qabul bakalavriat
- Qabul Magistratura
- Qabul Doktorantura
- Imtixon dasturlari
- Abituriyentlarga eslatma
- Qabul to'g'risidagi nizom
- Texnikum bitiruvchilariga
- Xorijiy abituriyentlarga
- Prezident qaror va farmoyishlari
- Savollar va javoblar
- Imtixon natijalari
- Ikkinchi oliy ta'lim
- Tibbiyot fakultetida qo'shma ta'lim
- Tarqatma materiallar
- Talabalarga
- Qabul
- Bog'lanish
- Raqamli kutubxona
-
O'zbekcha
- Kirish