Namangan davlat universitetida 2026/2027-o‘quv yilida 1-bosqichga qabul qilingan talabalar uchun o‘quv jarayoni “Mustaqillik darslari” bilan boshlandi.
Universitetning Fizika-matematika, Tabiiy fanlar hamda Ijtimoiy fanlar fakultetlarida 1-bosqich talabalariga universitet rektori Abdug‘affor Qirg‘izboyev tomonidan “Mustaqillik darslari” o‘tkazildi.
Darslarda mustaqillik yillarida mamlakatimizda ta’lim va ilm-fan sohalarida amalga oshirilgan islohotlar, yoshlarning sifatli ta’lim olishi, bilim va salohiyatini ro‘yobga chiqarishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida so‘z yuritildi.
Rektor bugungi yoshlar oldida turgan muhim vazifalarga ham alohida to‘xtaldi. Talabalar zamonaviy bilim va kasbiy ko‘nikmalarni puxta egallashi, xorijiy tillarni o‘rganishi, ilmiy va ijodiy izlanishlarda faol ishtirok etishi zarurligi ta’kidlandi. Yoshlarning kelgusida mamlakat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘sha oladigan yetuk mutaxassislar bo‘lib shakllanishi muhim ekani qayd etildi.
Yangi o‘quv yilining ilk kunlarida tashkil etilgan “Mustaqillik darslari” talabalarga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar va yaratilayotgan imkoniyatlar haqida yanada kengroq ma’lumot berish, ularda Vatanga muhabbat, milliy g‘urur va daxldorlik tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
“Mustaqillik darslari” universitetning qolgan fakultetlarida ham tajribali professor-o‘qituvchilar tomonidan o‘tkazilmoqda.
- Universitet
- Ta'lim
- Axborot xizmati
- Faoliyat
- Hujjatlar
- Qabul
- Qabul yangiliklari
- Qabul bakalavriat
- Qabul Magistratura
- Qabul Doktorantura
- Imtixon dasturlari
- Abituriyentlarga eslatma
- Qabul to'g'risidagi nizom
- Texnikum bitiruvchilariga
- Xorijiy abituriyentlarga
- Prezident qaror va farmoyishlari
- Savollar va javoblar
- Imtixon natijalari
- Ikkinchi oliy ta'lim
- Tibbiyot fakultetida qo'shma ta'lim
- Tarqatma materiallar
- Talabalarga
- Qabul
- Bog'lanish
- Raqamli kutubxona
-
O'zbekcha
- Kirish