Asosiy kontentga o'tish

Namangan davlat universitetida 2026/2027-o‘quv yilida birinchi bosqichga qabul qilingan talabalar uchun o‘quv jarayoni “Mustaqillik darslari” bilan davom etmoqda.

Bugun “Mustaqillik darslari” doirasida Jahon tillari fakultetida qatag‘on qurbonlari, xususan, jadidlik harakati namoyandalarining hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan “Tarixiy xotira, ma’naviy va ruhiy tarbiya – Yangi O‘zbekiston poydevori” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda universitet birinchi prorektori Islomjon Odilov, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita huzuridagi Diniy-ma’rifiy sohada malaka oshirish va qayta tayyorlash instituti katta o‘qituvchisi Qobiljon Yusupov, Namangan viloyati Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi bosh mutaxasis N.Orifjanov hamda birinchi bosqich talabalari ishtirok etdi.

Davra suhbati davomida qatag‘on siyosatining ayanchli oqibatlari, xalqimiz tarixida chuqur iz qoldirgan jadidlar faoliyati, ularning milliy ma’rifat va taraqqiyot yo‘lidagi xizmatlari haqida atroflicha fikr yuritildi.

Shuningdek, tarixiy xotirani asrab-avaylash, ajdodlar merosini chuqur o‘rganish, yosh avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Tadbirda mamlakatimizda tarixiy adolatni tiklash, qatag‘on qurbonlari xotirasini abadiylashtirish hamda yoshlarning tarixiy ong va dunyoqarashini yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ham ma’lumotlar berildi.

Yangi o‘quv yilining ilk kunlarida tashkil etilayotgan “Mustaqillik darslari” talabalarning mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar va bugungi taraqqiyot jarayonlarini chuqurroq anglashiga, ularda Vatanga muhabbat, milliy g‘urur, tarixiy xotira va daxldorlik tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

“Mustaqillik darslari” universitetning boshqa fakultetlarida ham tajribali professor-o‘qituvchilar va soha mutaxassislari ishtirokida izchil davom ettirilmoqda.

Home Book

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image