Asosiy kontentga o'tish

Namangan davlat universitetida 2026/2027-o‘quv yilida birinchi bosqichga qabul qilingan talabalar uchun o‘quv jarayoni “Mustaqillik darslari” bilan davom etmoqda.

Bugun “Mustaqillik darslari” doirasida Tabiiy fanlar fakultetida universitet odob-axloq qoidalari hamda ichki tartib-qoidalariga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda universitet rektori maslahatchisi Alibek Bekmurzayev, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi Saodatxon Usmanova, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Dilmurod Tojiboyev, profilaktika inspektori Nurbek Nortillayev, fakultet rahbariyati hamda birinchi bosqich talabalari ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida talabalarga universitetda amal qilinadigan odob-axloq qoidalari, ichki tartib va intizom talablari, talabalarning huquq va majburiyatlari, ta’lim jarayonida rioya etilishi lozim bo‘lgan tartib-qoidalar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, universitetda sog‘lom ma’naviy-axloqiy muhitni shakllantirish, professor-o‘qituvchilar va talabalar o‘rtasida o‘zaro hurmat va muomala madaniyatini yuksaltirish, ta’lim jarayonida mas’uliyat va intizomni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Muloqot davomida birinchi bosqich talabalari o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, universitet hayoti, o‘quv jarayoni va ichki tartib-qoidalar yuzasidan zarur tushuntirishlarga ega bo‘ldilar.

“Mustaqillik darslari” universitetning boshqa fakultetlarida ham tajribali professor-o‘qituvchilar va soha mutaxassislari ishtirokida izchil davom ettirilmoqda.


Namangan davlat universiteti Axborot xizmati

Home Book

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image