Asosiy kontentga o'tish

“Taraqqiyot strategiyasi” markazi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi asosida tayyorlangan maxsus infografiklar to‘plami keng jamoatchilik e’tiboriga havola etildi.

Mazkur infografikalar orqali davlatimiz rahbarining nutqida ilgari surilgan bosh g‘oya va ustuvor vazifalarning mazmun-mohiyati
sodda, tushunarli hamda zamonaviy vizual shaklda yoritib beriladi.

Shuningdek, ushbu tashabbus doirasida bosh g‘oyaning mazmun-mohiyatini yoshlarning hayoti, intilishlari, imkoniyatlari va kelajakdagi maqsadlari bilan bog‘liq holda ochib beruvchi qisqa videoroliklar, infografikalar hamda boshqa media materiallar muntazam tayyorlanib, keng jamoatchilikka taqdim etib boriladi.

Endilikda mazkur infografikalar bilan bosqichma-bosqich tanishib chiqamiz.

Har bir infografikada mamlakatimiz taraqqiyoti, yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar hamda kelajak sari dadil qadam tashlashga undovchi muhim g‘oya va tashabbuslar aks ettiriladi.

Namangan davlat universiteti Axborot xizmati

Home Book

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image