Asosiy kontentga o'tish

Namangan davlat universiteti talabalarini turli yot g‘oyalar ta’siridan himoya qilish, ularning mafkuraviy immunitetini mustahkamlash hamda universitetda sog‘lom ijtimoiy-ma’naviy muhitni qaror toptirish maqsadida “Jaholatga qarshi – ma’rifat bilan kurash!” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi.

Tadbirda universitetning birinchi prorektori Islomjon Odilov, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Dilmurod Tojiboyev hamda Din ishlari qo‘mitasining Namangan shahri bo‘yicha bosh mutaxassisi Shuhratjon Musahonov ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida jaholat va turli yot g‘oyalarga qarshi ma’rifat bilan kurashish, yoshlar ongida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni mustahkamlash, inson huquq va erkinliklarini hurmat qilish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Shuningdek, inson qadri va huquqlarining ustuvorligi jamiyat taraqqiyotining muhim omillaridan biri ekani ta’kidlandi. Yoshlarning turli mafkuraviy tahdidlarga qarshi mustahkam dunyoqarash va sog‘lom fikr asosida munosabat bildirishlari muhim ekani qayd etildi.

Bugungi globallashuv sharoitida axborot makonida turli mafkuraviy xurujlar va buzg‘unchi g‘oyalar keng tarqalmoqda. Bunday ta’sirlar, ayniqsa, yoshlarning dunyoqarashi va kelajagiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Uchrashuvda internet va ijtimoiy tarmoqlardan oqilona va maqsadli foydalanish masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi. Internet keng imkoniyatlarni taqdim etishi bilan birga, undan noto‘g‘ri foydalanish turli salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligi ta’kidlandi.

Tadbir yakunida talabalarga axborotlarni tanqidiy tahlil qilish, turli yot g‘oyalarga berilmaslik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat bilan munosabatda bo‘lish hamda internetdan xavfsiz va samarali foydalanish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Home Book

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image