Bayram tabrigi davomida rektor universitet professor-o‘qituvchilarining ta’lim va ilm-fan rivojiga qo‘shayotgan hissasini alohida e’tirof etdi.
“Namangan davlat universitetida ham ta’lim sifatini oshirish, ilmiy salohiyatni yuksaltirish, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega, mustaqil fikrlaydigan yoshlarni tarbiyalash yo‘lida izchil ishlar amalga oshirilmoqda.
Universitetimizning bugungi yutuqlari, xalqaro hamkorliklari, ilmiy izlanishlardagi natijalari, talabalarimizning turli sohalardagi muvaffaqiyatlari, avvalo, fidoyi professor-o‘qituvchilarimizning zahmatli mehnati bilan chambarchas bog‘liq.
Har bir ustozning faoliyatida katta bir maktab, har bir shogirdining yutug‘ida esa ustozning qalb qo‘ri va mehnati mujassam. Shuning uchun ham ustozning eng katta mukofoti — shogirdining kamoli, yutug‘i va el-yurtga naf keltirayotganini ko‘rishdir.
— dedi universitetimiz rektori.