Asosiy kontentga o'tish
21-oktyabr — O‘zbek tili bayrami kuni

O‘zbek tili — xalqimizning tarixiy xotirasi, boy ma’naviy merosi va milliy o‘zligini o‘zida mujassam etgan bebaho qadriyatdir.

Uning ravnaqi, nufuzi va jamiyat hayotidagi o‘rnini mustahkamlash milliy qadriyatlarimizga bo‘lgan hurmatning muhim ifodasidir.

Bugungi kunda davlat tilining nufuzini oshirish, uni davlat boshqaruvi tizimida izchil qo‘llash, rasmiy ish yuritish madaniyatini yuksaltirish va adabiy til me’yorlariga rioya etish asosiy vazifalardan biridir.

Ayniqsa, davlat organlari va tashkilotlari faoliyatida davlat tiliga hurmat bilan munosabatda bo‘lish, hujjatlarni rasmiylashtirish hamda aholiga taqdim etiladigan axborotlarning til me’yorlariga muvofiqligini ta’minlash muhim ahamiyat kasb etadi.

Tilga e’tibor — millatga e’tibor. Davlat tiliga hurmat esa yuksak fuqarolik mas’uliyatining ifodasidir.

Home Book

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image