Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Ta’lim va ilm-fan vazirligi faoliyatini taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida” 2026-yil 19-oktabrdagi PQ–380-son qarori qabul qilindi.
❇️ Qaror bilan Ta’lim va ilm-fan vazirligi faoliyatini taşkil etişning asosiy yönalişlari, taşkiliy tuzilmasi hamda tizim oldidagi ustuvor vazifalar belgilandi.
⏺️ Qarorga muvofiq, ta’limning barça bosqiçlarini qamrab olgan yagona davlat siyosatini amalga oşiriş, ta’lim mazmuni va sifatini takomillaştiriş, ilm-fan va oliy ta’lim integratsiyasini kuçaytiriş hamda ta’lim tizimida samarali boşqaruvni yölga qöyiş nazarda tutilgan.
▶️ Şuningdek, qaror bilan:
🔹 aholi murojaatlari, şikoyatlari, takliflari va e’tirozlarini qabul qiliş, ularni tezkor körib çiqiş hamda tegişli taşkilotlarga yönaltiriş maqsadida “Call-markaz”;
🔹aholi hamda ta’lim va ilm-fan tizimi xodimlari bilan tizimli muloqotni ta’minlaş, ta’lim xizmatlari sifati, ommabopligi va mavjud muammolar yuzasidan tezkor axborot oliş hamda tahlil qiliş maqsadida qayta aloqa tizimi.
👥 Ta’lim va ilm-fan vaziri huzurida ta’lim oluvçilar, talabalar, ota-onalar, pedagoglar va iş beruvçilar vakillaridan iborat Ta’lim böyiça jamoatçilik kengaşi taşkil etiladi.
🏛 Vazirlik hay’ati vazir (hay’at raisi), uning örinbosarlari, Vazirlik huzuridagi agentliklar direktorlari, şuningdek, yetakçi oliy ta’lim taşkilotlari rektorlari, olimlar va pedagoglar orasidan 15 nafar a’zodan iborat tarkibda tuziladi.
💼 Vazirga istisno tariqasida Vazirlikning markaziy apparatiga 2027-yil 1-fevralga qadar xodimlarni töğridan töğri suhbat asosida işga qabul qiliş vakolati beriladi.
📋 Bundan taşqari:
➖ Prezident Administratsiyasi huzurida Inson kapitalini rivojlantiriş va uzluksiz ta’lim strategiyasini işlab çiqiş böyiça maxsus işçi guruh taşkil etiladi;
➖ Vazirlik huzurida Inson kapitalini rivojlantiriş jamğarmasi hamda Ta’lim va ilm-fan böyiça strategik tadqiqotlar va baholaş markazi taşkil etiladi;
➖ Vazirlik huzurida Bilim va malakalarni baholaş agentligi taşkil qilinmoqda, Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazi faoliyati tugatilmoqda.