Uçraşuvda Tibbiyot fakulteti dekani Ğofurjon Abdullayev, universitet profilaktika inspektori Lola Nizamova, dekan örinbosarlari, kafedra mudirlari, professor-öqituvçilar, tyutorlar hamda talabalarning ota-onalari iştirok etdi.
Uçraşuv davomida ota-onalarga farzandlarining ta’lim jarayonidagi iştirokini muntazam nazorat qiliş, ularning odob-axloqi va mas’uliyatini oşiriş, universitet hamda fakultetning içki tartib-qoidalariga rioya etişini ta’minlaş yuzasidan zarur tavsiya va tuşuntirişlar berildi.
Şuningdek, universitetning Odob-axloq kodeksi va içki tartib-qoidalari, talabalarning kiyiniş madaniyati va yagona forma talablari, talabalarni talabalar turar joylari hamda ijara xonadonlariga joylaştiriş tartibi, erta nikoh va erta turmuşning oldini oliş, huquqbuzarlik va jinoyatçilik profilaktikasi, kontrakt şartnomalarini rasmiylaştiriş va tölovlarni amalga oşiriş, grant va kontrakt örinlarini taqsimlaş bilan boğliq masalalar yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.
Uçraşuvda, şuningdek, Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 149-son qarorining mazmun-mohiyati ham tuşuntirilib, mazkur hujjatda belgilangan talab va tartiblarning talabalarga taalluqli jihatlari yuzasidan ota-onalarga zarur tuşuntirişlar berildi.
Bundan taşqari, ota-onalarning farzandlari ta’lim-tarbiyasidagi mas’uliyati, universitet bilan samarali hamkorlikni yölga qöyiş hamda talabalarni öquv jarayonida qöllab-quvvatlaş masalalari yuzasidan fikr almaşildi.
Uçraşuv yakunida ota-onalar tomonidan bildirilgan savol, taklif va mulohazalar tinglandi hamda murojaatlar yuzasidan tegişli tuşuntirişlar berildi.
Namangan davlat universiteti Axborot xizmati