Asosiy kontentga o'tish

#InnoWeek2026 #Namangan

Namangan yoşlar texnoparkida “Özgarayotgan dunyo uçun ilğor innovatsiyalar” şiori ostida InnoWeek-2026 — Xalqaro innovatsion ğoyalar haftaligining Namangan viloyati hududiy bosqiçiga start berildi.

Tadbirning oçiliş marosimida Namangan viloyati Kasbiy ta’lim boşqarmasi boşliği Abdulahad Ğafforov, Çust va Davlatobod tumanlari hokimlarining innovatsion rivojlaniş masalalari böyiça örinbosarlari, Namangan davlat universiteti ilmiy işlar va innovatsiyalar böyiça prorektori Abduğaffor Nazarov, viloyatdagi oliy ta’lim muassasalarining ilmiy işlar va innovatsiyalar böyiça prorektorlari, şuningdek, oliy va kasbiy ta’lim taşkilotlarining talaba hamda öquvçilari iştirok etdi.

Oçiliş marosimida sözga çiqqanlar mamlakatimizda innovatsion faoliyatni rivojlantiriş, ilm-fan va işlab çiqariş integratsiyasini mustahkamlaş, yoşlarning ilmiy salohiyati va ijodiy taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş, istiqbolli startap loyihalarni amalga oşiriş hamda yangi işlanmalarni amaliyotga joriy etişning ahamiyati haqida söz yuritdilar.

Haftalik doirasida ilmiy işlanmalar, innovatsion mahsulotlar va istiqbolli loyihalar namoyişi taşkil etilib, iştirokçilarga öz ğoya va taşabbuslarini keng jamoatçilikka taqdim etiş imkoniyati yaratilmoqda.

Şuningdek, Namangan davlat universitetining innovator talabalari tomonidan tayyorlangan ilmiy işlanmalar, innovatsion mahsulotlar va istiqbolli loyihalar ham namoyiş etilmoqda.



Namangan davlat universiteti Axborot xizmati

Home Book

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image