Asosiy kontentga otish

Fizika-matematika


Fakultet 1957-yilda Fizika – matematika, keyingi yillarda Tabiiy fanlar fakulteti, Fizika-texnika fakulteti, Umumtexnika fanlari va badiiy grafika fakulteti, Matematika fakulteti, Fizika fakulteti singari nomlarda, 2024-yil avgust oyidan yana Fizika-matematika  fakulteti nomi bilan faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Fizika-matematika fakulteti-ilmiy salohiyat va zamonaviy ta’lim texnologiyalarini uyg’unlashtirgan holda, fizika, matematika va raqamli ta’lim texnologiyalari sohalarida yetuk mutaxassislar tayyorlashni maqsad qilgan bilim maskanidir. Fakultetda fundamental va amaliy fanlar bo‘yicha yuqori malakali professor-o‘qituvchilar ta’lim beradi. Ta’lim jarayonlari innovatsion yondashuvlar va axborot texnologiyalari asosida tashkil etilgan. Fakultet tarkibida 60530900 – Fizika,  60540100- Matematika, 60540200- Amaliy matematika, 60610100-Axborot tizimlari va texnologiyalari, 60610100-Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavriat, 70530901 – Fizika (yo‘nalishlar bo‘yicha),  70540101 – Matematika, 70540201-Amaliy matematika mutaxassisliklari bo‘yicha  magistratura,  turli ilmiy to‘garaklar va  laboratoriyalar faoliyat yuritadi.

Fakultetning maqsadi.

Fizika, matematika va raqamli ta’lim texnologiyalari sohalarida fundamental va amaliy bilimlarga ega, ilmiy-tadqiqot va ta’lim faoliyatida raqobatbardosh, tahliliy fikrlaydigan, ijodkor va zamonaviy texnologiyalardan foydalana oladigan yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash.

Ta’lim sohasidagi maqsadlar

Fizika va matematika fanlari bo‘yicha chuqur nazariy va amaliy bilimlarga ega bo‘lgan, mutaxassislarni tayyorlash.

Ta’limda zamonaviy pedagogik texnologiyalar va axborot-kommunikatsiya vositalarini samarali qo‘llash.

O‘quvchilarda tanqidiy va tahliliy fikrlash qobiliyatini shakllantirish orqali ularni mustaqil ta’lim olishga yo‘naltirish.

Oliy ta’lim sifatini xalqaro standartlarga mos ravishda takomillashtirish.

Tadqiqot sohasidagi maqsadlar:

Ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va innovatsion loyihalarni amalga oshirish orqali fan va mamlakat  taraqqiyotiga hissa qo‘shish.

Yosh tadqiqotchilar va talaba-izlanuvchilarni qo‘llab-quvvatlash va ularda ilmiy izlanishga qiziqish uyg’otish, kuchli bilim va ko‘nikmaga ega yosh olimlarni tayyorlash.

Milliy va xalqaro ilmiy hamkorlikni kuchaytirish orqali ilmiy salohiyatni oshirish.

Jamiyatdagi o‘rni va maqsadlari

Fizika-matematika, IT sohasini jamiyatdagi o‘rni beqiyos. Ilm-fan orqali jamiyat taraqqiyotiga xizmat qilish, jamoatchilikka amaliy yechimlar taklif qilish.

Ta’lim va tadqiqot natijalarini keng jamoatchilikka yetkazish orqali ijtimoiy faollikni oshirish.

Ta’lim yo‘nalishlari va dasturlar

Bakalavriat dasturlari:

  • 60530500 – Fizika (bakalavr) yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim dasturi tabiiy fanlar, muhandislik va texnologiyalarga asoslangan fundamental bilimlarni berishga qaratilgan. Ushbu yo‘nalishda o‘qiyotgan talabalar fizikaning nazariy va amaliy jihatlarini chuqur o‘rganadilar. Kunduzgi va kechki  o‘qish shakllari mavjud. Ta’lim yo‘nalishida o‘qish muddati 4 yil, kechki-4,5 yil.

    Maqsadi: 60530500 - Fizika bakalavriat ta’lim dasturi jadal rivojlanib borayotgan mehnat bozori ehtiyojlari hamda milliy uzluksiz ta’lim tizimi talablariga muvofiq, fizika fanlari sohasida puxta fundamental bilimlarga, kuchli tahliliy fikrlash qobiliyatiga va amaliy laboratoriya ko‘nikmalariga ega bo‘lgan malakali hamda raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan. Bitiruvchilar klassik va zamonaviy fizikaning asosiy tushunchalari hamda qonunlarini nazariy va amaliy masalalarni yechishda qo‘llash, eksperimental o‘lchashlarni bajarish va ularning natijalarini standart hamda zamonaviy laboratoriya jihozlari yordamida qayta ishlash, shuningdek, ilmiy va ta’lim muhitida xavfsizlik hamda sifat talablariga rioya etishni ta’minlash qobiliyatiga ega bo‘ladilar. Ular ma’lumotlarni yig‘ish, tahlil qilish va vizual ko‘rinishda ifodalashda matematik usullar, kompyuterli modellashtirish va zamonaviy raqamli vositalardan foydalanishga, shuningdek, fizik hodisalarni dalillar va ilmiy asoslangan mulohazalar asosida talqin qilishga tayyorlanadilar. Bitiruvchilar milliy va xalqaro manbalardan olingan ilmiy-texnik axborotni tanqidiy baholay oladi, natijalarni yozma va og‘zaki shaklda samarali bayon eta oladi, mustaqil hamda jamoada unumli ishlay oladi, shuningdek, kasbiy etika va mas’uliyat tamoyillariga amal qiladi. Shuningdek, ular fizika faniga asoslangan yondashuvlarni ta’lim, ilmiy tadqiqot va unga aloqador sohalarda qo‘llash hamda butun umr davomida ta’lim olish orqali o‘z kasbiy kompetensiyasini muntazam takomillashtirish orqali innovatsiyalar va barqaror rivojlanishga hissa qo‘sha oladilar.

    Tavsifi: 60530500 - Fizika bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalarni tabiat hodisalari, fizik qonunlar va zamonaviy texnologiyalarni ilmiy asosda tushunishga tayyorlaydi. Dastur davomida talabalar mexanika, molekulyar fizika, elektr va magnetizm, optika, atom va yadro fizikasi, astronomiya hamda zamonaviy fizikaning muhim yo‘nalishlarini o‘rganadilar. O‘quv jarayonida nazariy bilimlar laboratoriya ishlari, amaliy mashg‘ulotlar, kompyuter modellashtirish va ishlab chiqarish amaliyotlari bilan uyg‘unlashtiriladi. Bu talabalarni nafaqat fizik qonunlarni bilishga, balki ularni tajribada tekshirish, natijalarni tahlil qilish va amaliy muammolarni hal qilishga o‘rgatadi. Dastur bitiruvchilarga ta’lim muassasalari, ilmiy laboratoriyalar, ishlab chiqarish korxonalari, tibbiy diagnostika markazlari va axborot texnologiyalari sohalarida ishlash uchun zarur bilim va ko‘nikmalarni beradi. Shuningdek, bitiruvchilar magistraturada o‘qishni davom ettirishlari mumkin.

  • 60540100- Matematika bakalavriat yo‘nalishi matematikaning nazariy asoslari bilan bir qatorda uning real hayotdagi muammolarni hal etishdagi qo‘llanilishiga yo‘naltirilgan. Ushbu yo‘nalish ma’lumotlarni tahlil qilish, muhandislik va iqtisodiyot sohalarida matematik modellashtirishga e’tibor qaratadi. Ta’lim yo‘nalishida o‘qish muddati 4 yil, kunduzgi, kechki va sirtqi o‘qish shakllari mavjud. Kechki-4,5 yil, sirtqi-5 yil.
  • 60540200- Amaliy matematika bakalavriat yo‘nalishi matematikaning nazariy asoslari bilan bir qatorda uning real hayotdagi muammolarni hal etishdagi qo‘llanilishiga yo‘naltirilgan. Ushbu yo‘nalish dasturlash, ma’lumotlarni tahlil qilish, muhandislik va iqtisodiyot sohalarida matematik modellashtirishga e’tibor qaratadi. Ta’lim yo‘nalishida o‘qish muddati, kunduzgi 4 yil, kechki-4,5 yil, sirtqi-5 yil.
  • 60610100-Axborot tizimlari va texnologiyalari bakalavriat yo‘nalishi zamonaviy IT sohasi uchun yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga yo‘naltirilgan. Ushbu yo‘nalish dasturiy ta’minot ishlab chiqish, axborot xavfsizligi, sun’iy intellekt, ma’lumotlarni tahlil qilish va kompyuter tarmoqlari bilan bog’liq bilim va ko‘nikmalarni o‘z ichiga oladi. Kunduzgi, kechki va sirtqi o‘qish shakllari mavjud.Ta’lim yo‘nalishida o‘qish muddati kunduzgi-4 yil, kechki-4,5 yil, sirtqi-5 yil. Kunduzgi, 
  • 60610100-Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari bakalavriat yo‘nalishi zamonaviy dasturlash, algoritmlar, ma’lumotlarni qayta ishlash va sun’iy intellekt bilan bog’liq bilimlarni o‘rgatishga qaratilgan. Ushbu yo‘nalish IT sohasida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga mo‘ljallangan bo‘lib, dasturiy ta’minot ishlab chiqish, tizim arxitekturasi, tarmoq texnologiyalari va ma’lumotlar tahliliga alohida e’tibor qaratadi. Ta’lim yo‘nalishida o‘qish muddati kunduzgi-4 yil, kechki-4,5 yil. Kunduzgi va kechki o‘qish shakllari mavjud.

Magistratura dasturlari:

  • 70530901 – Fizika (yo‘nalishlar bo‘yicha) magistratura yo‘nalishi fizikaning turli sohalarida chuqur ilmiy va amaliy bilim berishga qaratilgan. Ushbu magistratura dasturi bakalavr ta’limida olingan asosiy bilimlarni kengaytirib, mustaqil ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, zamonaviy texnologiyalar bilan ishlash va ilg’or fizikaviy konsepsiyalarni o‘rganishga imkon beradi.

    Maqsadi: 70530501 - Fizika magistratura ta’lim dasturi bitiruvchilari zamonaviy metodologiyalar, innovatsion yondashuvlar va raqamli texnologiyalarni qo‘llagan holda oliy ta’lim muassasalari hamda ilmiy-tadqiqotga yo‘naltirilgan tashkilotlarda yuqori darajadagi ilmiy, tadqiqot va pedagogik faoliyatni amalga oshirish qobiliyatiga ega bo‘ladilar. Ular ta’lim va tadqiqot jarayonlarini xalqaro standartlarga muvofiq loyihalash, amalga oshirish va baholash, jumladan o‘quv natijalarini ishlab chiqish va baholash, mustaqil hamda masofaviy ta’limni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiluvchi o‘quv-uslubiy resurslarni tayyorlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bitiruvchilar fizika sohasidagi zamonaviy milliy va xalqaro yutuqlar asosida ilmiy tadqiqotlarni rejalashtirish va olib borish, mos nazariy va eksperimental usullarni tanlash, ishonchli natijalarni olish uchun ilg‘or asbob-uskunalar, hisoblash texnologiyalari va ma’lumotlarni tahlil qilish vositalaridan foydalanish kompetensiyasiga ega bo‘ladilar. Ular ilmiy va loyiha asosidagi faoliyatlarda ishtirok etish hamda ularga rahbarlik qilish, ilmiy gipotezalarni shakllantirish, eksperimental yoki modellashtirish strategiyalarini ishlab chiqish, murakkab ma’lumotlar to‘plamlarini tahlil qilish va talqin etish, shuningdek, olingan natijalarni ilmiy maqolalar, konferensiya ma’ruzalari va kasbiy hisobotlar orqali taqdim etishga tayyor bo‘ladilar. Bundan tashqari, bitiruvchilar akademik halollik, kasbiy etika, samarali ilmiy muloqot va uzluksiz kasbiy rivojlanishga intilish tamoyillarini namoyon etadilar. Bu esa ularga ilmiy va amaliy muammolarga dalillarga asoslangan yechimlarni taklif etish hamda ta’lim, fan va innovatsiyalar rivojiga munosib hissa qo‘shish imkonini beradi.

    Tavsifi: 70530501 - Fizika magistratura mutaxassisligi fizika fanining zamonaviy yo‘nalishlarini chuqur o‘rganishga qaratilgan ikki yillik ta’lim dasturidir. Dastur kredit-modul tizimi asosida tashkil etiladi.O‘quv jarayonida magistrantlar ilmiy tadqiqot metodologiyasi, maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi, fizikaning zamonaviy tadqiqot usullari, nochiziqli tebranishlar va to‘lqinlar nazariyasi, elektromagnit nurlanishlarning muhitlar bilan ta’sirlashuvi hamda kondensirlangan muhitlar fizikasi kabi fanlarni o‘rganadilar.Dastur nazariy bilimlarni ilmiy izlanish, tajriba, tahlil va amaliy faoliyat bilan bog‘laydi. Magistrantlar ilmiy maqola yozish, tajriba natijalarini tahlil qilish, ilmiy loyiha tayyorlash, zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish va magistrlik dissertatsiyasini bajarish bo‘yicha ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar.Bitiruvchilar oliy ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot institutlari, laboratoriyalar, lazer texnologiyalari, optoelektronika, materialshunoslik, ishlab chiqarish va boshqa ilmiy-texnik sohalarda faoliyat yuritishlari mumkin.

  • 70540101 – Matematika magistratura dasturi matematika fanining chuqur nazariy va amaliy jihatlarini o‘rganishga qaratilgan yuqori darajali ta’lim dasturi bo‘lib, bakalavriat darajasida olingan bilimlarni yanada rivojlantirish va ixtisoslashgan sohalarda malaka oshirish imkonini beradi. Ushbu dastur matematikaning zamonaviy yo‘nalishlari, ilmiy-tadqiqot metodologiyasi va amaliy qo‘llanilishiga urg’u beradi, shu bilan birga talabalarni mustaqil tadqiqot ishlarini olib borishga tayyorlaydi.
  • 70540201-Amaliy matematika magistratura yo‘nalishi turli sohalarda matematik modellashtirish, hisoblash texnologiyalari va tahlil usullarini chuqur o‘rganishga qaratilgan. Ushbu mutaxassislik talabalarni ilmiy tadqiqot, injiniring, IT, iqtisodiyot va boshqa texnologik yo‘nalishlarda ishlashga tayyorlaydi.

 PhD/DSc dasturlari:

  • 01.04.10 – Yarimo‘tkazgichlar fizikasi ixtisosligi bo‘yicha doktorantura mavjud bo‘lib,  yarimo‘tkazgich materiallari, elektron va optoelektron qurilmalar, kvant fizikasi, nanoelektronika hamda yangi avlod texnologiyalarini o‘rganishga yo‘naltirilgan. Ushbu ixtisoslik ilmiy-tadqiqot ishlariga tayyorlash, zamonaviy yarimo‘tkazgich texnologiyalari bilan ishlash va ilg’or fizik qonuniyatlarni o‘rganishni o‘z ichiga oladi.
  • 01.01.01 - Matematik analiz yo‘nalishi bo‘yicha tayanch doktorantura matematika fanining ushbu fundamental sohasida yuqori malakali ilmiy kadrlar tayyorlashga qaratilgan maxsus dastur hisoblanadi. Tayanch doktorantura magistratura darajasida olingan bilimlarni chuqurlashtirish, mustaqil ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish va matematik analizning dolzarb muammolariga innovatsion yechimlar ishlab chiqish imkonini beradi. Ushbu dastur fan doktori (DSc) darajasiga erishish uchun asosiy bosqichlardan biri sifatida xizmat qiladi.
  • 05.01.11 – Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt ixtisosligi boyicha tayanch doktorantura dasturi zamonaviy axborot texnologiyalari, intellektual tizimlar, katta ma’lumotlar (Big Data) va avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari bo‘yicha chuqur ilmiy tadqiqot olib borishga yo‘naltirilgan. Ushbu dastur sun’iy intellekt modellarini yaratish, algoritmlar va mashinaviy o‘rganish texnologiyalarini takomillashtirish, ilg’or hisoblash usullarini rivojlantirish kabi yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi.

Talabalar uchun ma’lumotlar

  • Stipendiyalar va moliyaviy yordam: Talabalar davlat  tomonidan beriladigan grantlar orqali bepul ta’lim olish imkoniyatiga egalar. talabalar o‘zlashtirish ko‘rsatkichlariga ko‘ra stipendiya bilan ta’minlanadilar.
  • Amaliyot va ish imkoniyatlari: Talabalar o‘qish davomida nazariy bilimlarini amaliyot orqali mustahkamlash uchun turli tashkilot va kompaniyalarda ishlab ko‘rish imkoniyatiga ega. Fakultet ko‘plab davlat va xususiy tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi. Davlat tashkilotlaridan Namangan viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi, Namangan hududiy elektr tarmoqlari korxonasi AJ, Namangan Gidrometeorologiya markazi, xususiy Namangan Mexmash aksiyadorlik jamiyati, Namangan fara zavodi, Davlat soliq qo‘mitasi axborot tizimlari markazi, O‘zbektelekom, Bank va boshqa moliya muassasalari (Data Science va IT sohasida), xususiy IT va texnologiya kompaniyalaridan IT-Park Namangan, IT-School Namangan, Algoritm – IT va dasturlash sohasida amaliyot o‘tashlari mumkin.
  • Talabalar quyidagi yo‘nalishlarda ish topishlari mumkin: universitetlar – fundamental tadqiqotlar olib borish, Oliy ta’lim muassasalari (o‘qituvchi, tadqiqotchi), Sanoat va muhandislik kompaniyalari, Energetika va texnologik tarmoqlar, Axborot texnologiyalari va dasturlash, Yadro va kosmik texnologiyalar, Fizika laboratoriyalari va sanoat tadqiqot markazlari, Yadro energetikasi va kosmik texnologiyalar, Muhandislik va texnologik tarmoqlar, Telekommunikatsiya va IT sohasi, Nano- va mikrotexnologiyalar, kosmik va astrofizik laboratoriyalar – kvant va gravitatsiya tadqiqotlari, Yadro fizikasi va zarrachalar laboratoriyalari (CERN, Fermilab, ITER) – eksperimental ma’lumotlarni nazariy tahlil qilish, Dasturlash va hisoblash fizikasi – fizik jarayonlarni modellashtirish va superkompyuter hisob-kitoblari Kosmik texnologiyalar va aerokosmik sanoat – nisbiylik va kvant effektlarini amaliy tadqiq qilish, Yarimo‘tkazgich va mikroelektronika korxonalari (TSMC, Intel, Samsung, GlobalFoundries), Ilmiy-tadqiqot institutlari va universitetlar, Optoelektronika va telekommunikatsiya sohalari, Kvant texnologiyalari va supero‘tkazgichlar, Kosmik va harbiy sanoat texnologiyalari, Energetika kompaniyalari va sanoat korxonalari, Ekologiya va barqaror rivojlanish loyihalari, Ilmiy-tadqiqot institutlari va laboratoriyalar, Davlat energiya siyosati va ekologik boshqaruv tashkilotlari, Yangi avlod energiya texnologiyalarini ishlab chiqish, Yarimo‘tkazgich ishlab chiqarish kompaniyalari (Intel, Samsung, TSMC, AMD), Nano- va mikrotexnologiyalar markazlari, Telekommunikatsiya va kvant texnologiyalar sohalari, Yangi avlod energiya manbalari va quyosh panellari texnologiyalari.
  • IT va dasturlash: Dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchi muhandis (Software Engineer), Web va mobil dasturchi (Front-end, Back-end, Full-stack Developer), Sun’iy intellekt bo‘yicha mutaxassis (AI Engineer), Ma’lumotlar tahlilchisi va Data Scientist, IT-proekt menejeri. Matematika va modellashtirish: Matematik tahlilchi (FinTech va Data Science yo‘nalishlarida), Algoritmlar va optimallashtirish bo‘yicha mutaxassis, Muhandislik va iqtisodiy modellashtirish bo‘yicha mutaxassis.  Kiberxavfsizlik va tarmoqlar: Kiberxavfsizlik mutaxassisi, Tarmoq muhandisi va administrator. Moliya va biznes sohasida IT: FinTech startaplari va bank tizimlari uchun dasturiy yechimlar ishlab chiqish, Raqamli marketing va biznes tahlilchisi. 

 

Dekanat telefon raqami: 692100184


Dekanat

RAVSHANBEK ISLOMOV TURGUNALIYEVICH
Lavozimi Dekan muovini
Email -
Ilmiy darajasi Darajasiz
Ilmiy unvoni Unvonsiz

Kafedralari ro'yxati

Home Book

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image