Iqtisodiyot
Iqtisodiyot fakulteti NamDU rektorining 2020 yildagi buyrug‘iga asosan Ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti negizida tashkil etildi.
Fakultetda bakalaviriat bosqichida 39 ta akademik guruh mavjud bo’lib, ularda 781 nafar bakalavriat talabalari, Magistartura bosqichida 31 nafar talabalar tahsil olmoqda. Joriy o‘quv yilda 4-bosqich talabalari Abdullabekova Noila va Mirhamidova Gulibonular Naoviy nomidagi davlat atama stipendiyasi sovrindorlariga aylanishdi. 4-bosqich talabasi Abdunabiyev Ahmadbek sportning May-Tay turi bo‘yicha O‘zbekiston chempioni bo‘ldi. Fakultetda “Yosh olimlar” klubiga 50 dan ziyod talabalar qamrab olingan bo‘lib, ularning ilmiy va o‘quv faoliyatlariga bir qator salohiyatli professor-o‘qituvchilar biriktirilgan. 2024-2025 o‘quv yilidan boshlab “Bank ishi”, “Moliyaviy texnologiyalar” va “Buxgalteriya hisobi” kabi yangi yo‘nalishlarda talabalar qabuli amalga oshirilgan bo‘lib, 1-bosqichga qabul qilingan talabalarning 87 % chet til sertifikatiga ega talabalar hisoblanadi. Bu orqali fakultetda ta’lim yo‘nalishlari soni 11 taga yetdi.
Missiya va qadriyatlar
- Namangan davlat universitetining Iqtisodiyot fakulteti 2020-yilda Ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti negizida tashkil etilgan. Fakultet tashkil etilgandan buyon unga f.m.f.n., dotsent T.Abdullayev, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) R.Imomov, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent N.Narzullayevlar rahbarlik qilishgan.
- Namangan Davlat Universiteti Iqtisodiyot fakultetining asosiy maqsadi – iqtisodiyot sohasida chuqur nazariy va amaliy bilimlarga ega bo‘lgan, zamonaviy iqtisodiy jarayonlarni tahlil qila oladigan, raqobatbardosh, innovatsion fikrlovchi mutaxassislar tayyorlashdan iborat.
- Fakultetning asosiy maqsad va vazifalari quyidagilar bilan izohlash mumkin: Birinchidan, sifatli iqtisodiy ta'lim berish, ya’ni, bozor iqtisodiyoti sharoitida talab qilinadigan kasbiy bilimlar bilan ta'minlash va mahalliy va xalqaro me’zonlarga mos iqtisodchilarni tayyorlash.
- Ikkinchidan, ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish, ya’ni, talabalar va professor-o‘qituvchilarning ilmiy salohiyatini oshirish va hududiy va respublika miqyosidagi iqtisodiy muammolarni o‘rganish va yechimlar taklif qilish.
- Uchinchidan, innovatsion va raqamli iqtisodiyotni o‘rganish, ya’ni, raqamli texnologiyalarni iqtisodiyotda qo‘llash bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish va startap loyihalar va amaliyot markazlari orqali talabalarni zamonaviy tajribaga yaqinlashtirish.
- To’rtinchidan, amaliyot bilan integratsiya qilish, ya’ni, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalari bilan hamkorlik qilish va talabalarning amaliyotlarini real iqtisodiy sharoitda o‘tkazish.
- Beshinchidan, iqtisodiy madaniyatni shakllantirish, ya’ni, talabalarda iqtisodiy fikrlashni, mas’uliyatni, tashabbuskorlikni rivojlantirish.
TA’LIM YO‘NALISHLARI VA DASTURLAR
BAKALAVRIAT DASTURLARI:
- 60410200-Buxgalteriya hisobi (ta’lim shakli kunduzgi, kechki, sirtqi, o`qish muddati 4 yil, 4,5 yil, 5 yil)
- 60410500-Moliya va moliyaviy texnologiyalar (ta’lim shakli kunduzgi, o`qish muddati 4 yil)
- 60410600-Bank ishi (ta’lim shakli kunduzgi, kechki, sirtqi, o`qish muddati 4 yil, 4,5 yil, 5 yil)
- 60310100-Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo’yicha); (ta’lim shakli kunduzgi, kechki, sirtqi, o`qish muddati 4 yil, 4,5 yil, 5 yil)
- 60310400-Iqtisodiy xavfsizlik; (ta’lim shakli kunduzgi, sirtqi, o`qish muddati 4 yil, 5 yil)
- 60411300-Biznesni boshqarish (tarmoqlar bo’yicha); (ta’lim shakli kunduzgi, o`qish muddati 4 yil)
- 60411200-Menejment (tarmoqlar va sohalar bo’yicha); (ta’lim shakli kunduzgi, o`qish muddati 4 yil)
- 60411700-Logistika (yo`nalishlar bo`yicha); (ta’lim shakli kunduzgi, o`qish muddati 4 yil)
- 60412200-Moliya sohasida boshqaruv; (ta’lim shakli kunduzgi, o`qish muddati 4 yil)
- 61010400-Turizm (faoliyat yo’nalishlari bo’yicha); (ta’lim shakli kunduzgi, o`qish muddati 4 yil)
- 61010100-Mehmonxona xo’jaligini tashkil etish va boshqarish; (ta’lim shakli kunduzgi, o`qish muddati 4 yil)
MAGISTRATURA DASTURLARI:
- 70310102-Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha): (ta’lim shakli kunduzgi 2 yil)
- 71010101-Mexmonxona xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish (ta’lim shakli kunduzgi 2 yil)
- 71010101-Turizm va mehmondo‘stlik (ta’lim shakli kunduzgi 2 yil)
Iqtisodiyot fakultetida Magistratura bosqichi uchun talabalarning til bilish sertifikati kamida B2 va undan yuqori bo`lishi kerak.
PHD/DSC DASTURLARI:
Fakultetda iqtisodiy fanlar bo’yicha falsafa doktori (PhD) quyidagi ixtisosliklar bilan tayanch doktorantlar ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishmoqda:
- 08.00.04 –“Qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti”
- 08.00.13 –“Menejment”
- 08.00.04 –“Qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti” ixtisosligi bo’yicha asosiy tadqiqot yo‘nalishlari quyidagi masalalarni qamrab olishi mumkin:
-
- Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash va sotish tizimining iqtisodiy samaradorligi.
- Fermer xo‘jaliklarining moliyaviy barqarorligi va boshqaruvi.
- Resurslardan (yer, suv, mehnat) samarali foydalanish.
- Tarmoqda raqamli texnologiyalarni joriy etishning iqtisodiy samaradorligi.
- Qishloq infratuzilmasining rivojlanishi va u orqali iqtisodiy o‘sishga erishish.
- Agrar siyosat va davlatning qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini iqtisodiy tahlil qilish.
- 08.00.13 – Menejment ixtisosligi iqtisodiyot sohasidagi ilmiy tadqiqot yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, tashkilotlarning boshqaruv jarayonlarini, ularning samaradorligini oshirish, rahbarlikni rivojlantirish va zamonaviy boshqaruv texnologiyalarini o‘rganishga qaratilgan.
MAZKUR IXTISOSLIKNING ASOSIY TADQIQOT YO‘NALISHLARI:
Tashkilotlarni boshqarishning iqtisodiy asoslari: tashkilot ichidagi resurslarni samarali
boshqarish, Maqsadli boshqaruv va qarorlar qabul qilish jarayonlari.
Strategik menejment: tashkilot strategiyalarini ishlab chiqish va amalga oshirish, uzluksiz rivojlanish va raqobatbardoshlikni ta'minlash.
Organizatsion xulq-atvor va rahbarlik: rahbarlik uslublari va boshqaruvning ijtimoiy-psixologik jihatlari, xodimlar bilan munosabatlarni samarali tashkil etish.
Resurslarni boshqarish: inson resurslari, moliya resurslari, material va texnologik resurslarni samarali boshqarish.
Innovatsion boshqaruv: innovatsion texnologiyalarni boshqaruv tizimiga joriy etish, raqamli texnologiyalar va sun'iy intellektning menejmentdagi roli kabi masalalarni qamrab oladi.
Ta'lim yo'nalishlari va dasturlar
Bakalavriat dasturlari:
- 60410500 - Moliya va moliyaviy texnologiyalar ta’lim yo’nalishi bo’yicha bakalavrlar tayyorlash kunduzgi va sirtqi ta’lim shakllarida amalga oshiriladi. Kunduzgi ta’limda bakalavriat dasturining me’yoriy muddati 4 yil, sirtqi ta’limda 5 yilni tashkil etadi. Ta’lim yo’nalishi davlat moliyasi, korporativ moliya, uy xo’jaligi moliyasi, davlat budjeti, mahalliy boshqaruv оrgаnlаri moliyasi, ijtimoiy ta’minot, budjetdan moliyalashtirish, g’aznachilik, davlat xaridlari, davlat maqsadli jamg’armalari, moliyaviy rejalashtirish, moliyaviy nazotat, moliya bozoridagi operatsiyalar, moliyaviy risklarni boshqarish, moliya-sanoat guruhlari va transmilliy korporatsiyalar faoliyat mexanizmi, qimmatli qog’ozlar bozorida faoliyatni tashkil etish, o’zato hisob-kitoblarni tashkil etish, korporativ tuzilmalar moliyaviy resurslarini boshqarish, moliyaviy vositachilar moliyaviy faoliyatini boshqarish, moliyaviy texnologiyalar asoslari, xalqaro moliya, sug'urta faoliyati, baholash ishi kasbiy faoliyatining sohalari hisoblanadi.
- 60410800 - Menejment ta’lim yo’nalishi bo’yicha bakalavrlаr tayyorlash kunduzgi shaklda amalga oshiriladi. Ta’lim shakli bo’yicha o’qitish kredit-modul tizimi asosida tashkil qilinadi. Kunduzgi ta'limda bakalavriat dasturining mе’уоriу muddati 4 yil. Ta’lim yo’nalishi biznes, boshqaruv va huquq ta’lim sohasiga oid yo’nalish bo’lib, u turli mulk shakllariga tegishli tarmoq, sohalarning xo’jalik yurituvchi sub’ektlari, moliya, kredit va sug’urta muassasalari, davlat hamda mahalliy hokimiyat organlari, akademik va tarmoq, ilmiy tadqiqot tashkilotlari, maktabgacha, umumta’lim, о’rtа maxsus va oliy ta’lim muassasalarning iqtisodiy, moliya, marketing, ishlab chiqarish iqtisodiy va tahlil xizmatlarini o’z ichiga oladi. Tarmoqlar va korxonаlаrni rivojlantirish, istiqbolini belgilash, kasbiy ko’nikma, mutasaddilik qobiliyatiga yo’naltirilgan inson faoliyatining vositalari, usullari va uslublari bilan bog’liq masalalar majmuasini qamrab oladi.
- 60410900 - Вiznеsni boshqarish tа’lim yo’nalishi bo’yicha bakalavrlar tayyorlash kunduzgi ta'lim shaklida amalga oshiriladi. Ta’lim shakli bo’yicha o’qitish kredit-modul tizimi asosida tashkil qilinadi. Kunduzgi ta’limda bakalavriat dasturining me’yoriy muddati 4 yil. Ta’lim yo’nalishi - fan, ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohasidagi yo’nalish bo’lib, xo’jalik jamiyatlarida boshqaruvni tashkil etish, biznesni boshqarishning vazifalari, tamoyillari va ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati, biznesni boshqarishning tashkiliy tizimi xususiyatlari, kompaniyalar faoliyatini samarali tashkil qilishda korporativ boshqaruvning roli va mulkdorlarning huquqini himoyalash, raqobat vositalari yordamida korporatsiyaning investitsion jozibadorligini oshirish, iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida biznesni boshqarish modellari, korporatsiyalarni boshqaruv organlari bilan munosabatlaridagi muammolarini kompleks yechish masalalarini qamrab oladi.
- 60310400 – Iqtisodiy xavfsizlik ta’lim yo’nalishi bo’yicha bakalavrlar tayyorlash kunduzgi va sirtqi ta’lim shakllarida amalga oshiriladi. Ta’lim shakli bo‘yicha o‘qitish kredit-modul tizimi asosida tashkil qilinadi. Kunduzgi ta’limda bakalavriat dasturining me’yoriy muddati 4 yil, sirtqi ta’limda 5 yilni tashkil etadi. Ta’lim yo’nalishi - fan va ishlab chiqarish sohasidagi ta’lim yo’nalishi bo‘lib, jamiyat, davlat va shaxs hamda xo‘jalik faoliyati sub’ektlarining iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash, iqtisodiyot sohasidagi huquq-tartibot va qonuniylikni ta’minlash, turli mulk shakllariga tegishli, turli tarmoq, sohalarning xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar, moliya, kredit va sug‘urta muassaslari, davlat hamda mahalliy xokimiyat organlari, akademik va tarmoq ilmiy tadqiqot tashkilotlari, maktabgacha, umumta’lim, o’rta maxsus va oliy ta’lim muassasalarining iqtisodiy xavfsizlik, moliya, ishlab chiqarish - iqtisodiy va tahliliy xizmatlar, iqtisodiy jinoyatlarni aniqlash, sud-iqtisodiy ekspertiza faoliyati, raqobat razvedkasini o‘z ichiga oladi. Tarmoqlar va sohalar bo‘yicha iqtisodiy faoliyatni rivojlantirish, istibolini belgilash, kasbiy ko‘nikma, mutasaddilik qobiliyatiga yo‘naltirilgan inson faoliyatining vositalari, usullari va uslublarining majmuasini qamrab oladi.
- 61010100 - Mehmonxona xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar tayyorlash kunduzgi va sirtqi ta’lim shakllarida amalga oshiriladi. Ta’lim shakli bo‘yicha o‘qitish kredit-modul tizimi asosida tashkil qilinadi. Kunduzgi ta’limda bakalavriat dasturining me’yoriy muddati 4 yil, sirtqi ta’limda 5 yilni tashkil etadi. Ta’lim yo‘nalishi - fan va turizm sohasidagi ta’lim yo‘nalishi bo‘lib, turizm sohasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni tashkil etishning huquqiy-me’yoriy asoslarini takomillashtirish, mehmonxona xo‘jaligi sub’ektlarini tizimli tahlil qilish va rivojlantirish, mehmonxona xo‘jaligida tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish, rejalashtirish, tashkiliy boshqaruv tarkibini shakllantirish, biznes strategiyasini tahlil qilish, qayta ishlash va amalga oshirish, mahsulot va xizmatlarni reklama qilish, marketing tadqiqotlarini o‘tkazish, mehmonxona xo‘jaligida xizmat ko‘rsatish jarayonlarini tahlil qilish, modernizatsiyalash, diversifikatsiyalash, matematik modellarni qo‘llash, mehmonxona xo‘jaligidagi korxonalarining raqobatbardoshlik holatini tahlil qilish, korxonalarni rivojlantirishga, istiqbolini belgilashga, kasbiy ko‘nikmaga, mutasaddilik qobiliyatiga yo‘naltirilgan inson faoliyatining vositalari, usullari, metodlari va uslublari bilan bog‘liq kompleks masalalar majmuasini qamrab oladi.
- 61010400 - Turizm (faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar tayyorlash kunduzgi ta’lim shaklida amalga oshiriladi. Ta’lim shakli bo‘yicha o‘qitish kredit-modul tizimi asosida tashkil kilinadi. Kunduzgi ta’limda bakalavriat dasturining me’yoriy muddati 4 yilni tashkil etadi. Ta’lim yunalishi - fan va turizm sohasidagi ta’lim yo‘nalishi bo‘lib, turizm sohasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni tashkil etishning huquqiy-me’yoriy asoslarini takomillashtirish, turistik korxonalarda tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish, rejalashtirish, tashkiliy boshqaruv tarkibini shakllantirish, biznes strategiyasini tahlil qilish, mahsulot va xizmatlarni reklama qilish, marketing tadqiqotlarini o‘tkazish, turizm korxonalarida xizmat ko‘rsatish faoliyatini tashkil etish, xizmatlar bozorini segmentlash, turizm mahsulot iste’molchilari xulq-atvorini o‘rganish, turizm korxonalari faoliyatini boshqarish, raqobatbardoshlik holatini tahlil qilish, turizm korxonalari dasturini tuzish, turli mulkchilik shaklidagi turistik va xizmat ko‘rsatish korxonalari faoliyatini rivojlantirish, istiqbolini belgilash, kasbiy ko‘nikma, mutasaddilik kobiliyatiga yo‘naltirilgan inson faoliyatining vositalari, usullari, metodlari va uslublari bilan bog‘liq kompleks masalalar majmuasini qamrab oladi.
Magistratura dasturlari:
- 71010101 - Turizm ya mehmondo‘stlik magistratura mutaxassisligi bo’yicha magistrlar tayyorlash kunduzgi ta’lim shaklida amalga oshiriladi. Kunduzgi ta’limda magistratura dasturining me’yoriy muddati 2 yilni tashkil etadi. 71010101 - Turizm ya mehmondo’stlik magistratura mutaxassisligi “Xizmat ko’rsatish sohasi” ta'lim sohasiga oid mutaxassislik bo’lib, mutaxassislikka oid fanlarni o’qitish, O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy tadqiqot institutlari, markazlari, ilmiy ishlab chiqarish birlashmalarida ilmiy tadqiqot faoliyatini yuritish, turli mulkchilik shaklidagi turistik korxonalarda, nodavlat va notijorat tashkilotlarida, markaziy va mahalliy davlat boshqaruvi organlarida, turizm sohasidagi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarida iqtisodiy faoliyatni tashkil etish va boshqarishga oid kompleks masalalarni hal etish, mutaxassislikka oid kasbiy ko’nikmaga, mutasaddilik qobiliyatiga yo’naltirilgan inson faoliyatining kompleks masalalar majmuasini qamrab oladi.
- 60310100-Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha); Ushbu ta’lim yo’nalishi bo’yicha kunduzgi ta’lim shaklida oqish muddati 4-yil, kechki ta’lim shaklida 4,5 yil, sirtqi ta’lim shaklida esa 5 yilni tashkil etadi. Bundan tashqari ushbu yo’nalish bo’yicha ikkinchi oliy ta’lim shakli ham mavjud bo’lib, sirtqi shaklida 4 yil tahsil olinadi.
- 60310400-Iqtisodiy xavfsizlik; Ushbu ta’lim yo’nalishi bo’yicha kunduzgi ta’lim shaklida oqish muddati 4-yil.
- 60411300-Biznesni boshqarish (tarmoqlar bo'yicha); Ushbu ta’lim yo’nalishi bo’yicha kunduzgi ta’lim shaklida oqish muddati 4-yil.
- 60411200-Menejment (tarmoqlar va sohalar bo'yicha); Ushbu ta’lim yo’nalishi bo’yicha kunduzgi ta’lim shaklida oqish muddati 4-yil.
- 60410200 – Buxgalteriya hisobi; Ushbu ta’lim yo’nalishi bo’yicha kunduzgi ta’lim shaklida oqish muddati 4-yil va sirtqi ta’lim shaklida esa 5 yilni tashkil etadi.
- 60411700-Logistika (yo`nalishlar bo`yicha); Ushbu ta’lim yo’nalishi bo’yicha kunduzgi ta’lim shaklida oqish muddati 4-yil.
- 60412200-Moliya sohasida boshqaruv; Ushbu ta’lim yo’nalishi bo’yicha kunduzgi ta’lim shaklida oqish muddati 4-yil.
- 60410500 – Moliya va moliyaviy texnologiyalar; Ushbu ta’lim yo’nalishi bo’yicha kunduzgi ta’lim shaklida oqish muddati 4-yil.
- 61010400-Turizm (faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha); Ushbu ta’lim yo’nalishi bo’yicha kunduzgi ta’lim shaklida oqish muddati 4-yil.
- 61010100-Mehmonxona xo'jaligini tashkil etish va boshqarish; Ushbu ta’lim yo’nalishi bo’yicha kunduzgi ta’lim shaklida oqish muddati 4-yil.
- Fakultetda quyidagi yo'nalishlar bo'yicha magistr tayyorlanadi:.
- 70310102-Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo'yicha).
TALABALAR UCHUN MA’LUMOTLAR
- Stipendiyalar va moliyaviy yordam: Talabalarga beriladigan imtiyozlar va grantlar haqida ma’lumot.
- 2024/2025 o’quv yilida Turizm (soxalari bo’yicha) yo’nalishi 4-bosqich talabasi Mirxamidova Gulibonu Mirabdullojon qizi va Mexmonhona xo’jaligini tashkil etish va boshqarish yo’nalishi talabasi Abdullabekova Noilaxon G’ofurjon qizi Navoiy nomli davlat stipendiyasi soxibi bo’lgan
- Amaliyot va ish imkoniyatlari: Fakultetning hamkor tashkilotlari va amaliyot joylari.
- Bitiruvchilarni ishga joylaytirish va bandligini ta’minlash maqsadi Iqtisodiyot yo`nalishi Namangan viloyat Statistika boshqarmasi, Namangan viloyat Investisiyalar va tashqi savdo boshqarmasida Yashil iqtisodiyot va barqaror biznes kafedrasi filiali ochilgan, bugungi kunda bitiruvchilar bitiruv amaliyotini ushbu tashkilotlarda bajarailishi belgilangan.
- 61010100-Mehmonxona xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish va 61010400-Turizm (faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha) yo`nalishi bitiruvchilarni uchun Namangan viloyati Turizm boshqarmasi hamda Namangan don mahsulotlari aksiyadorlik jamiyatida Menejment kafedrasi filiali ochilgan, bugungi kunda bitiruvchilar bitiruv amaliyotini ushbu tashkilotlarda bajarailishi belgilangan.
- Bitiruvchilarning 2 nafar talaba Nomdor stipendiant hisoblanadi. 21 nafari (24%) o`z sohasi va iqtisodoy sektorlarda ishlaydi. 18 nafar talaba chet tilini o`rganish jarayonida, 8 nafar talaba chet tilini bilish sertifikatiga ega. Ayni damda til markazlarida dars berib keladi. Qolgan 39 nafar talabalar ishga joylashtirilishi bo`yicha tegishli kafedra o`qituvchilariga biriktirilib ish tashkil etilgan.
Tadbirlar va faoliyat
Talaba tashkilotlari: Fakultetdagi klub va jamoalar (sport, madaniyat, fan va boshqalar).
“Fakultet teatr studiyasi”, “Yosh olimlar” to‘garagi, “Yosh iqtisodchi” to‘garagi, “Yosh menejer” to‘garagi, Kordinatorlar guruhi.
Xalqaro hamkorlik: Chet el universitetlari bilan aloqalar, almashinuv dasturlari.
Iqtisodiyot fakultetida hozirgi kunda 2 ta kafedra mavjud bo‘lib, 40 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat olib bormoqda. So‘nggi 6 oyda 6 nafar professor-o‘qituvchilar tomonidan dissertatsiya ishlari muvaffaqiyatli himoya qildi. Professor-o‘qituvchilar tomonidan 2 ta darslik va 3 ta o‘quv qo‘llanma, 9 ta yuqori indeksatsiyalanuvchi bazalarda maqolalar nashr qilindi. Fakultetda Malayziyaning UTARA, Rossiyaning SINERGIYA, Turkiyaning ANADOLI universiteti hamda Koreyaning QIROL SEJONG universitetlari bilan o‘zaro hamkorlik aloqalari o‘rnatilgan.
ALOQA VA IJTIMOIY TARMOQLAR
Manzil: Namangan shahar, Obihayot MFY, Me’ros ko`chasi 5 uy (11-bino)
Tel:+998 97 250 43 20.
E-mail-baratovabdumalik4@gmail.com
Ijtimoiy tarmoq sahifalari: t.me/namduif309
Dekanat
ABDUMALIK BARATOV SOTIVOLDIYEVICH
Lavozimi | Dekan |
akbarulgboyev@gmai.com | |
Ilmiy darajasi | Fan nomzodi, PhD |
Ilmiy unvoni | Dotsent |
OYBEK TURAXANOV DAVLATALIYEVICH
Lavozimi | Dekan muovini |
- | |
Ilmiy darajasi | Darajasiz |
Ilmiy unvoni | Unvonsiz |
DILMUROD TOJIBOYEV MAXMUDJONOVICH
Lavozimi | Dekan muovini |
- | |
Ilmiy darajasi | Darajasiz |
Ilmiy unvoni | Unvonsiz |
Kafedralari ro'yxati
Mavjud bakalavr ta'lim yo'nalishlari
T/r | Nomlanishi |
---|---|
1 | 5111000 - Kasb taʼlimi (5230100-Iqtisodiyot) |
2 | 5230100 - Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) |
3 | 5610200 - Mehmonxona xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish |
4 | 5610300 - Turizm (faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha ) |
5 | 60310100 - Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) |
6 | 60310400 - Iqtisodiy xavfsizlik |
7 | 60410100 - Iqtisodiyot |
8 | 60410200 - Buxgalteriya hisobi |
9 | 60410500 - Moliya va moliyaviy texnologiyalar |
10 | 60410600 - Bank ishi |
11 | 60410800 - Menejment |
12 | 60411200 - Menejment (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) |
13 | 60411300 - Biznesni boshqarish (tarmoqlar bo‘yicha) |
14 | 60411700 - Logistika (yo‘nalishlar bo‘yicha) |
15 | 60412200 - Moliya sohasida boshqaruv |
16 | 61010100 - Mehmonxona xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish |
17 | 61010400 - Turizm (faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha) |
Mavjud magistratura ta'lim yo'nalishlari
T/r | Nomlanishi |
---|---|
1 | 5A230102 - Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) |
2 | 70310102 - Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) |
3 | 70410102 - Iqtisodiyot |
4 | 71010101 - Turizm va mehmondoʻstlik |
5 | 71010101 - Mehmonxona xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish |