Namangan viloyati umumta’lim maktablarining bitiruvchi sinflari o‘rtasida biologiy hamda kimyo fanidan o‘tkazilgan «NamDU fan olimpiadasi» natijalari bilan tanishing
- Bosh sahifa
- Axborot xizmati
- Yangiliklar
- Namangan viloya...
- 06.05.2025
- 20:20
- 337
#Fan_olimpiadasi #Biologiya #Kimyo
Namangan davlat universitetida umumta’lim maktablari bitiruvchi sinflari o‘rtasida biologiya hamda kimyo fanidan «NamDU fan olimpiadasi»ning viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-avgustdagi “Kimyo va biologiya yo‘nalishlarida uzluksiz ta’lim sifatini va ilm-fan natijadorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4805-son qarorining 11.2-bandi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 9-apreldagi “Umumta’lim maktablari bitiruvchi sinf o‘quvchilari o‘rtasida kimyo va biologiya fani olimpiadasini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi 02/58-01/04-4805-son xati ijrosini ta’minlash maqsadida Namangan davlat universitetida «NamDU fan olimpiadasi»ning viloyat bosqichi o‘tkazildi.
Olimpiada yakuniy natijalariga ko‘ra:
Biologiya fani bo‘yicha:
1-o‘rin: Usmanjanov Azizbek Mirzoxid o‘g‘li — Davlatobod tumani 3-DIMI oʻquvchisi;
2-o‘rin: Abdullayeva Maftuna Muhiddin qizi — Pop tumani 10-IDUM oʻquvchisi;
3-o‘rin: Abdullayeva Go‘zal Dilshodbek qizi — Mingbuloq tumani PIMA oʻquvchisi;
Kimyo fani bo‘yicha:
1-o‘rin: Ko‘paysinova Gulchehra Yodgorbek qizi — NamDU Akademik litseyi oʻquvchisi;
2-o‘rin: Xusanboyev Samandar Shavkatjon o‘g‘li — Mingbuloq tumani PIMA oʻquvchisi;
3-o‘rin: Abdusamiyev Javlonbek Abdullajon o‘g‘li — Mingbuloq tumani PIMA oʻquvchisi;
Mazkur olimpiadada g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar diplom va universitetning qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadilar.
Namangan davlat universiteti matbuot xizmati