Iqtidorli talabalarimizning yutuqlari yuqori bosqichga ko‘tarilmoqda
- Bosh sahifa
- Axborot xizmati
- Yangiliklar
- Iqtidorli talab...
- 01.05.2025
- 15:35
- 627

“Mirzo Ulug‘bek vorislari” Respublika tanlovining Andijon viloyati bosqichi o‘z nihoyasiga yetdi.
Mazkur tanlovda Andijon viloyatining tuman-shahar saralash bosqichlarida g‘olib bo‘lgan 80 nafar iqtidorli talaba-yoshlar respublika bosqichi yo‘llanmasi uchun harakat qildilar.
Kun davomida o‘tkazilgan ilmiy-innovatsion loyihalar taqdimoti davomida 20 nafar eng yaxshi ishtirokchilar Respublika bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi.
Quvonarli tomoni Andijon viloyati bosqichida yangi natija qayd etilib, g‘oliblarning 4 nafari Namangan davlat universitetining iqtidorli talabalari deya e’tirof etildi. Bular:
Sharipova Mushtaribonu - Biotexnologiya fakulteti talabasi
Odilxonov Azizxon - Tabiiy fanlar fakulteti talabasi
To‘lanboyeva Maftunabonu - Fizika-matematika fakulteti talabasi
Mo‘ydinova Nilufar - Fizika-matematika fakulteti talabasi
Ma’lumot uchun mazkur tanlovning Namangan va Xorazm viloyatlarida 13 nafar talabalarimiz g‘olib bo‘lgan. Umumiy hisobda respublika bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan talabalarimiz soni rekord darajada 17 nafarga yetib, tanlov doirasida 131 mln 800 ming so‘m miqdorda mablag‘ jamg‘arildi.
G‘olib bo‘lgan barcha talabalarimizga omad tilagan holda Respublika bosqichidan ham sovrinli natijalar kutib qolamiz.