“Publishing articles in scopus journals” and “Methods for teaching foreign languages” mavzusidagi tajriba almashinuvi
- Bosh sahifa
- Axborot xizmati
- Yangiliklar
- “Publishing art...
- 23.04.2025
- 17:48
- 892

“Publishing articles in scopus journals” and “Methods for teaching foreign languages” mavzusidagi tajriba almashinuvi
Shu yilning 21-22 aprel kunlari Namangan davlat universiteti Jahon tillari fakulteti professor-o‘qituvchilari va talabalaridan iborat delegatsiya Qirg‘iziston respublikasi Osh davlat universiteti rektorining taklifiga binoan “Publishing articles in scopus journals” and “Methods for teaching foreign languages” mavzusidagi tajriba almashinuv dasturi bo‘yicha Osh davlat universitetga tashrif buyurdilar. Mezbonlar o‘zbek delegatsiyasini non va tuz bilan kutib oldilar va delegatsiyaga OshDU Qirg‘iz-xitoy fakulteti dekani Mirtair Usen o‘g‘li xamroxlik qildi.
Dastur avvalida ikki tomon o‘rtasida rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Osh davlat universiteti prorektori OshDU va Namangan davlat universiteti delegatsiyasi rahbari Q.Sidiqov NamDU to‘g‘risida taqdimot o‘tkazdilar.
Namangan davlat universiteti delegatsiyasi tomonidan ikki kun davomida Osh davlat universiteti professor-o‘qituvchiva talabalari uchun maxsus dastur asosida master klass mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
OshDU talaba va professor-o‘qituvchilarining 2025 yil may oyida NamDUda mobillik asosida o‘qish uchun tashriflari yuzasidan kelishuvga erishildi.
OshDU Konfusiy instituti tomonidan NamDU axborot resurs markazi uchun Xorijiy tillarni o‘qitish va xorijiy adabiyotshunoslikga oid noyob o‘quv va badiiy adabiyotlar hamda darsliklar sovg‘a qilindi.
Mexmonlar Osh shahrining tarixiy va diqqatga sazovor joylariga tashrif buyurdilar.
Tashrif yakunida har ikki universitet o‘rtasida muntazam tajriba almashinuv va talabalarning akademik mabillik dasturlari bo‘yicha kelishib olindi.