Namangan davlat universiteti rektori Abdug‘affor Qirg‘izboyev 27-oktabrdan 1-noyabrgacha rasmiy tashrif bilan Xitoy Xalq Respublikasida bo‘ladi. Mazkur tashrif universitetning xalqaro hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash, xorijiy ta’lim tizimi tajribasini o‘rganish va ilm-fan sohasida yangi istiqbolli yo‘nalishlarni yo‘lga qo‘yish maqsadida amalga oshirilmoqda.

Tashrif doirasida Xitoyning nufuzli oliy ta’lim muassasalari rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazilishi, ikki tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda o‘zaro manfaatli loyihalar yuzasidan muzokaralar olib borilishi rejalashtirilgan. Jumladan, Szilin Xitoy Tibbiyoti universiteti, Szilin Qishloq xo‘jaligi universiteti, Szilin universiteti qoshidagi Tabiiy fanlar instituti hamda Taydjou universitetlari bilan uchrashuvlar tashkil etiladi.

Uchrashuvlar davomida ta’lim, ilmiy-tadqiqot, innovatsiya, kadrlar tayyorlash va professor-o‘qituvchilar hamda talabalar almashinuvi yo‘nalishlarida hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilinadi. Shuningdek, universitetlar o‘rtasida hamkorlikni rasmiylashtirish maqsadida anglashuv memorandumlarini imzolash rejalashtirilgan.

Mazkur tashrif Namangan davlat universitetining xalqaro miqyosdagi nufuzini oshirish, xorijiy hamkorlik tarmog‘ini kengaytirish hamda universitetni jahon ta’lim va ilm-fan maydoniga yanada faol integratsiya qilish yo‘lida muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.

Bu tashrif universitetning “ochiqlik, hamkorlik va taraqqiyot” tamoyillariga asoslangan xalqaro siyosatini amalda ro‘yobga chiqarish, ta’lim sifatini yuksaltirish va zamonaviy global akademik hamkorlikni mustahkamlash sari navbatdagi izchil harakatdir.

#NamDU #Xitoy #Hamkorlik #Ta’lim #IlmFan #InternationalCooperation #China #NamanganStateUniversity

image

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image