Rektor “Yashil makon” loyihasi doirasida talaba-yoshlar bilan ko‘chat ekdi
- Bosh sahifa
- Talabalarga
- Ekofaol talabalar
- Rektor “Yashil ...
- 04.03.2026
- 20:41
- 1150
Namangan davlat universiteti rektori Abdug‘affor Qirg‘izboyev Biotexnologiya fakulteti hududidagi bog‘da “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida talaba-yoshlar bilan birgalikda ko‘chat ekdi.
Aksiyada universitet prorektorlari ham faol ishtirok etib, talaba-yoshlar bilan bir safda ko‘chat ekish jarayonida qatnashdilar.
Mamlakatimizda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ularning jamiyat hayotidagi faolligini oshirish maqsadida Prezidentimiz tashabbusi bilan haftaning har payshanba kuni “Yoshlar kuni” etib belgilangan.
Mazkur tashabbus ijrosini ta’minlash hamda yoshlar bilan ochiq muloqotni kuchaytirish maqsadida universitet rahbariyati mazkur ekologik aksiyada bevosita ishtirok etdi.
Namangan davlat universiteti Axborot xizmati