“HAYOT UCHUN JOY AJRATING”  shiori ostida ommaviy plogging eko-aksiyasi oʻtkazildi.

BMT taqvimida belgilangan muhim ekosana har yili kuzning ilk oyi uchinchi shanbasida nishonlanadi. 20-sentyabr –  Butunjahon tozalik kuni (World сleanup day).
 
Shu munosabat bilan Namangan viloyati Ekologiya boshqarmasi, Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi tomonidan “HAYOT UCHUN JOY AJRATING” shiori ostida ommaviy plogging eko-aksiyasi oʻtkazildi.
 
U sayyoramizni jadal tarzda chiqindilardan aritish, jamoatchilikni tabiat muammolariga qaratib, tevarak-atrofni ozoda saqlashga jalb qilish maqsadida 2018-yildan beri uyushtirib kelinadi. Ayni paytga qadar 211 ta davlatdan 114 million kishi ishtirok etgan hamda yirik ijtimoiy loyihaga aylangan.
 
Namangan shahridagi Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi madaniyat va istirohat bogʻi hududida tashkillangan tadbirda Namangan davlat universitetining “Yosh ekologlar harakati” jamoasi hamda viloyat kengashi faol a’zolariga esdalik sovg‘alari topshirildi.
 
photo_2025-09-23_01-32-12.jpgphoto_2025-09-23_01-32-16.jpgphoto_2025-09-23_01-32-18.jpgphoto_2025-09-23_01-32-23.jpgphoto_2025-09-23_01-32-27.jpgphoto_2025-09-23_01-32-33.jpg
photo_2025-09-23_01-32-36.jpgphoto_2025-09-23_01-32-38.jpg
 

Namangan davlat universiteti Axborot xizmati

Home Book

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image