Xorijiy talabalar yutuqlari

Namangan davlat universiteti Tibbiyot fakulteti talabalari “Samarqand–2020” VI Xalqaro tibbiyot olimpiadasida faol ishtirok etib, faxrli natijalarga erishganliklari munosabati bilan fakultet miqyosida ham tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Olimpiadada Hindistonlik talaba Peer Ahmad Muslim Jaan Tavhidi faxrli 2-o‘rinni, 5-kurs talabasi Inomov Husanboy esa Anesteziologiya va reanimatologiya fani bo‘yicha 3-o‘rinni egalladi. Shuningdek, 4-kurs talabasi Boboxonov Muhammadali “THE TOP OF THE KNOWLEDGE” nominatsiyasi, 2-kurs talabasi Muqaddas Mirzaumarova esa “SCIENTIFIC APPROACH TO SOLVING THE PROBLEM” nominatsiyasi bo‘yicha diplomlar bilan taqdirlandilar.

Home Book

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image