Davlat oliy ta’lim muassasalariga 2026/2027 o‘quv yili uchun o‘qishga qabul qilish jarayonlarida jismoniy va yuridik shaxslar, ota-onalar hamda abituriyentlarning murojaatlarini tezkor va samarali ko‘rib chiqish, ularga real vaqt rejimida huquqiy tushuntirish va maslahatlar berish maqsadida Namangan davlat universiteti qabul komissiyasi huzurida “Call-center” faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
☎️ “Call-center” orqali 2026/2027 oʻquv yili uchun oʻqishga qabul qilish jarayonlariga oid o‘zingizni qiziqtirgan barcha savollarga javob olishingiz hamda murojaatlaringizni yo‘llashingiz mumkin.
✅ Call markaz raqami: +998692395006
🏪 Ish vaqti: 09:00 dan 18:00 gacha
Namangan davlat universiteti Axborot xizmati