KELAJAK EGALARI: YOSHLAR UCHUN YANGI UFQLAR
- Bosh sahifa
- Axborot xizmati
- Munosabat
- KELAJAK EGALARI...
- 17.02.2025
- 12:46
- 669

O‘zbekiston tom ma’noda yoshlar mamlakati. Chunki xalqimizning 60 foizini yoshlar tashkil etadi. Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 14-fevral kuni yoshlar bilan o‘tkazgan muloqotida ham nafaqat davlatning kelajak avlodga bo‘lgan yuksak e’tiborini, balki yoshlar ta’limi va bandligini ta’minlash yo‘lidagi aniq chora-tadbirlarni ham aks ettiradi. Ushbu uchrashuvda yoshlarning ilm olishiga, bandligi va tadbirkorlik faoliyatiga oid muhim qarorlar qabul qilingani mamlakatimizda yoshlarga keng imkoniyatlar yaratish siyosati izchil davom etayotganini ko‘rsatadi.
Bugungi mamlakatimizda sodir bo‘layotgan istiqbollar va yutuqlar, izlanishlarni oddiy pedagog sifatida judayam ijobiy baholayman. Yoshlarning oliy ta’limga qamrab olinishi 42 foizga yetgani, universitetlarda xotin-qizlarga shartnoma to‘lovining davlat tomonidan qoplab berilishi, ilmiy darajali yosh olimlar sonining ikki karra oshgani – bularning barchasi ta’lim tizimidagi yutuqlarimizni namoyon etadi. Ayniqsa, “Yorqin kelajak” loyihasi orqali bilimli, ammo oilaviy sharoiti og‘ir bo‘lgan yoshlarni xorijda o‘qitish tashabbusi katta ahamiyatga ega. Bu orqali iqtidorli yoshlarimiz xalqaro miqyosda tahsil olib, mamlakat taraqqiyotiga o‘z hissasini qo‘shish imkoniga ega bo‘ladilar.
Imkoniyatlar doirasida yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 100 million dollar mablag‘ ajratilishi va Aloqabankning yoshlarning biznes loyihalariga tayanch bankka aylantirilishi iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda katta qadamdir. Bu yoshlarning mehnat bozoriga kirib kelishiga yordam beradi va ularning o‘z biznesini rivojlantirishiga sharoit yaratadi. Ayniqsa, xotin-qizlar tadbirkorligi uchun ajratilgan kreditlarning 30 foizi aynan ular uchun mo‘ljallangani gender tengligini ta’minlashga qaratilgan muhim qadamdir.
Ta’lim sohasida xorijiy tillarni o‘rganishga bo‘lgan e’tibor alohida tahsinga sazovor. Chekka hududlarda chet tillari o‘quv markazlari ochgan yosh o‘qituvchilarga 120 million so‘mgacha foizsiz ssuda berilishi pedagog kadrlarni rag‘batlantirishda muhim omildir. Shuningdek, xususiy ta’lim muassasalarida chet tilini o‘rganayotgan yoshlarning to‘lovlarini “2+6” sxemasi orqali qoplab berish tizimi ham yoshlarning bilim olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Yoshlar bugun diqqatimizni asosiy nuqtasida turgan bir pallada yurtimizda qabul qilingan qarorlar yoshlarning zamonaviy ta’lim olishi, ilmiy izlanishlarga olib borishi, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish va yoshlarning kasblarda , ish bilan bandligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Pedagog sifatida o‘z ta’lim muassasamda Namangan davlat universiteti farzandi timsolida yangi ufqlar sari talabalar bilan birgalikda namoyon bo‘lishga , har bir harakatimizda, har bir nafasimizda yangi g‘oyalar bilan Vatanga daxldor bo‘lishga , ilg‘or tashabbuslarning amaliyotga joriy etilishida faol ishtirok etishga tayyorligimni bildiraman. Chunki bugungi yoshlarga berilgan imkoniyat – ertangi taraqqiyotimiz kafolati demakdir.
Dilfuza SOTIVOLDIYEVA
Fizika-matematika fakulteti tyutori