Namangan davlat universitetining 2-sonli talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talaba-qizlar bilan ularning yashash sharoitlarini o‘rganish, ichki tartib-qoidalarga rioya etilishini ta’minlash hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik masalalarini muhokama qilish maqsadida uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda universitet birinchi prorektori Islomjon Odilov, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Dilmurod Tojiboyev, dekan o‘rinbosarlari, tyutorlar hamda talaba-qizlar ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida talabalar turar joyida belgilangan ichki tartib-qoidalarga rioya etish, xonalar va umumiy foydalanish joylarida tozalik hamda ozodalikka e’tibor qaratish, shuningdek, kuz-qish mavsumida uy sharoitida tayyorlangan konserva mahsulotlarini iste’mol qilishda ehtiyot choralariga amal qilish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, talaba-qizlarning yashash sharoitlarini yaxshilash, ularning xavfsizligi va salomatligini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Uchrashuv yakunida talaba-qizlarning savol, taklif va mulohazalari tinglanib, bildirilgan murojaatlar yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi.